Avstraliya hukumati Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. 16 kishi, jumladan, qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbari Dmitriy Patrushev, transport vaziri Vitaliy Savelyev, shuningdek, gimnastikachi va Milliy media guruhi direktorlar kengashi rahbari Alina Kabaeva va bir qancha tadbirkorlar qora ro‘yxatga kiritilgan.
Sanksiyalar roʻyxati Avstraliya tashqi ishlar vazirligi saytida eʼlon qilingan.
Ro‘yxat:
Sanksiyalar Rossiyaning Ukrainadagi jangovar harakatlariga javoban joriy etilgan.
Ma’lumot uchun, joriy yil may oyida Avstraliya “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligi bosh direktori Dmitriy Kiselyovga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan edi. Sanksiya roʻyxatidan Rossiya davlat xizmatchilari, jumladan, FSB direktorining birinchi oʻrinbosari Sergey Korolev, RT bosh direktori Aleksey Nikolov va Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari vazifasini bajaruvchi Aleksandr Chupriyan ham bor.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!