$
12460.70 UZS
-21.68
155.06 UZS
-0.17
14545.38 UZS
4.66
33° Kechasi 17°

Bank plastik kartasi orqali pora olgan bojxona inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

18:32 / 18.07.2025

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona postining bojxona nazorati va rasmiylashtiruv guruhi inspektori Davlatobod tumanida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan shaxsning xorijdan olib kelingan 57 dona “Iphone 16 Pro Max” telefon qurilmalarini Toshkent xalqaro aeroportida ishlovchi bojxona xodimi orqali IMEI-kodi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazib berish evaziga har bir uyali aloqa vositasi uchun 100 AQSH dollaridan, jami 5700 AQSH dollari hamda muqaddam fuqaro tomonidan chet eldan deklaratsiyada ko‘rsatmagan holda kiyim-kechaklarni olib kelganligi yuzasidan chora ko‘rmaganligi evaziga 400 AQSH dollari talab qiladi.

Inspektor joriy yilning 11 va 14-iyul kunlari so‘ralgan pul mablag‘idan 900 AQSH dollari hisobida 11 mln 317 ming so‘mni o‘zi va qarindoshiga tegishli bank plastik kartalariga o‘tkazdirib oladi.

Ammo 16-iyul kuni u 1000 AQSH dollari hisobida 12 mln. 550 ming so‘mni qarindoshining bank plastik kartasiga o‘tkazdirib olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan bojxona inspektoriga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “V” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


O‘zbekiston


														
														2-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 15-17 daraja iliq, kunduzi 31-33 daraja issiq bo‘ladi
22:31 / 01.09.2025

														
														YXXB ertaga aholidan jamoat transportidan foydalanishni tavsiya etdi

YXXB ertaga aholidan jamoat transportidan foydalanishni tavsiya etdi

Ertaga yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan YXXB aholini jamoat transportiga ustuvorlik berishga chaqirdi
22:27 / 01.09.2025

														
														2025-yilning ortda qolgan davrida qancha shakar ishlab chiqarilgan?

2025-yilning ortda qolgan davrida qancha shakar ishlab chiqarilgan?

Bu yil avvalgi yillarga nisbatan ancha kam mahsulot ishlab chiqarilgan
18:37 / 01.09.2025

														
														Ertaga Toshkentda olti balli magnit bo‘roni bo‘ladi

Ertaga Toshkentda olti balli magnit bo‘roni bo‘ladi

Soat 14:00 da 6 magnitudali geoshoklar kuzatiladi. Undan oldin va keyin ta’sirlarning kuchi 5 ball bo‘ladi.
15:28 / 01.09.2025

														
														1-sentyabrdan nimalar o‘zgaradi?

1-sentyabrdan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekiston qonunchiligida 2025-yil 1-sentyabrdan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kirdi.
12:25 / 01.09.2025

														
														“Openbyudjet”da g‘olib bo‘lgan loyihalar ro‘yxati e’lon qilindi

“Openbyudjet”da g‘olib bo‘lgan loyihalar ro‘yxati e’lon qilindi

Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 3,2 trln so‘mlik 2 332 ta loyiha g‘olib deb topilgan.
09:28 / 01.09.2025

														
														1-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 13-15 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi
23:14 / 31.08.2025

														
														Ertadan maktab direktorlarining oyligi 20 foizga oshiriladi

Ertadan maktab direktorlarining oyligi 20 foizga oshiriladi

Bu Prezidentning tegishli farmoni asosida amalga oshiriladi
22:05 / 31.08.2025

														
														Bir necha soatlardan keyin 2025-yilgi “Open budjet” loyihasi o‘z yakuniga yetadi

Bir necha soatlardan keyin 2025-yilgi “Open budjet” loyihasi o‘z yakuniga yetadi

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha ovoz berishga ulgurish uchun bu so‘nggi imkoniyat
20:38 / 31.08.2025

Bu ham qiziq

Indoneziya prezidenti namoyishchilar talablarini qabul qildi

Indoneziya prezidenti namoyishchilar talablarini qabul qildi

Prezident Indoneziyada noroziliklarning dastlabki manbai bo‘lgan parlament a’zolariga beriladigan nafaqalar bekor qilinishin…
16:43 / 31.08.2025
2-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 15-17 daraja iliq, kunduzi 31-33 daraja issiq bo‘ladi
22:31 / 01.09.2025
Hindiston bosh vaziri BMTni isloh qilishga chaqirdi

Hindiston bosh vaziri BMTni isloh qilishga chaqirdi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi sammitida nutq so‘zlab, BMTni is…
13:49 / 01.09.2025
Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatishi mumkin

Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatishi mumkin

Axios xabariga ko‘ra, Oq uy yuqori lavozimli amaldorlaridan biri Tramp ikki tomon — Rossiya yoki Ukraina — vaziyatni o‘zgart…
17:16 / 31.08.2025
Ertaga Toshkentda olti balli magnit bo‘roni bo‘ladi

Ertaga Toshkentda olti balli magnit bo‘roni bo‘ladi

Soat 14:00 da 6 magnitudali geoshoklar kuzatiladi. Undan oldin va keyin ta’sirlarning kuchi 5 ball bo‘ladi.
15:28 / 01.09.2025
Kuzning birinchi kunida qanday ob-havo kuzatiladi?

Kuzning birinchi kunida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 1-sentyabr kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
11:14 / 31.08.2025
1-sentyabrdan nimalar o‘zgaradi?

1-sentyabrdan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekiston qonunchiligida 2025-yil 1-sentyabrdan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kirdi.
12:25 / 01.09.2025
1-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 13-15 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi
23:14 / 31.08.2025
AQSh falastinliklarni G‘azodan to‘liq ko‘chirishni rejalashtirmoqda

AQSh falastinliklarni G‘azodan to‘liq ko‘chirishni rejalashtirmoqda

Shu bilan birga, G‘azo sektorini tark etishga qaror qilgan har bir falastinlikka 5000 dollar miqdorida naqd pul, shuningdek,…
13:32 / 01.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!