Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi sammitida nutq so‘zlab, BMTni isloh qilishga chaqirdi.
“ShHT a’zolari xalqaro institutlarni isloh qilish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishi mumkin. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 80 yilligi munosabati bilan biz bir ovozdan BMTni isloh qilishga chaqiramiz. Global janubning intilishlarini eskirgan doirada cheklash kelajak avlodlarga nisbatan qo‘pol adolatsizlikdir. Biz yangi avlodning rang-barang orzularini eski qora va oq ekranda ko‘rsata olmaymiz”, –dedi Modi .
31-avgustdan 1-sentyabrgacha Xitoyning Tyanszin shahrida ShHTning uyushma tarixidagi eng yirik sammiti bo‘lib o‘tmoqda, unda 20 dan ortiq xorijiy davlatlar rahbarlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etayotganligi bildirildi.
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilot bo‘lib, unga Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston , O‘zbekiston va Belarus kiradi. Kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston .
Muloqot bo‘yicha hamkor davlatlar: Ozarbayjon , Armaniston, Bahrayn , Misr, Kambodja, Qatar, Quvayt, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Shri-Lanka.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!