$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Bayden 80 yillik yubileyini o‘z oilasi bilan nishonladi

12:02 / 21.11.2022

AQSh prezidenti Jo Bayden o‘zining 80 yoshini o‘z oilasi bilan Oq uyda nishonladi.

Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer Jo Bayden o‘z tug‘ilgan kunini joriy yilning 24-noyabriga to‘g‘ri keladigan “Shukronalik kuni” arafasida nishonlashini aytdi. Biroq uning ta’kidlashicha, Amerika yetakchisining nabirasi Naomi King turmushga chiqqani sababli to‘y Oq uyda bo‘lib o‘tgan, butun oila poytaxtda bo‘lgan va ular Baydenning tug‘ilgan kunini birga nishonlashdi.

Jo Bayden davlat rahbari sifatida 80 yoshini nishonlagan mamlakatning birinchi prezidenti bo‘ldi. CNN telekanali manbalariga ko‘ra, to‘y va yubiley sanasi deyarli bir vaqtga to‘g‘ri kelgan, bu tasodifan emas, chunki Amerika rahbari yoshi bilan bog‘liq masalani ko‘tarib, unga e’tibor qaratmoqchi emas.

Ikki hafta avval AQSh tarixidagi eng keksa prezident 2024-yilda davlat rahbari lavozimiga qayta saylanish uchun kurashish rejalari haqida ma’lum qilgan edi.

Shunga qaramay, mahalliy OAVning ta’kidlashicha, Bayden “saylovchilarning yosh haqidagi qo‘rquvidan xalos bo‘lolmadi”: doimiy qo‘pol xatolar, nutqlar paytidagi xatolar va oyog‘i toyib ketishi va hokazo

Qayd etilishicha, u uzoq vaqtdan beri tilga beparvolik va unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan improvizasiyalarga moyilligi bilan mashhur. Bundan tashqari, 80 yoshli prezident o‘zining ommaviy chiqishlarida ko‘pincha turli xil izohlar va og‘zaki qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yadi, ularni AQShda hazil bilan “baydenizm” deb atashadi, ba’zan iboralarning oxirini yutib yuboradi yoki aralashtirib yuboradi. Ushbu holatlar uning yoshi bilan izohlanadi.

Respublikachilar esa bundan partiyaviy kurashda, jumladan, prezidentning Qo‘shma Shtatlarni boshqarishda davom etishi uchun aqliy va jismoniy qobiliyatlarini shubha ostiga qo‘yish uchun turli xil “baydenizmlar”dan iborat bo‘lgan saylovoldi videolarini doimiy ravishda e’lon qilib borishmoqda.

“The Washington Examiner” “80 yoshingiz muborak, janob Prezident. Iltimos davlat rahbarligiga nomzodingizni qo‘ymang” sarlavhasi bilan bosh maqola chop etdi.

“Uning mamlakatga va o‘ziga berishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi sovg‘a bu 2024-yilgi prezidentlikka nomzodini qo‘ymasligidir. U 50 yildan beri hokimiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi. Demokratik partiya usiz yaxshiroq ish qila oladi”, – deyiladi maqolada.

Amerikaning aksariyat nashrlari gerontokratiyadan (qariyalar hokimiyati) xavfsiramoqda.


Bu ham qiziq

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!