Mazkur jang katta ehtimol bilan P4P reytingini oʻzgartiradi.
UFCʼning yengil vazn toifasidagi (70 kg gacha) reyting jangchisi, amerikalik Beneil Dariush yarim yengil vazn toifasining amaldagi sohibi (65 kg gacha) avstraliyalik Aleks Volkanovskining divizion yengil vazn toifasi yetakchisi rossiyalik Islom Maxachev bilan jangdagi imkoniyatlarini baholadi.
“Men uni kamsitishni xohlamayman, lekin u yengil vazn uchun juda kichik boʻlishi mumkin. Ishonchim komilki, odamlar unga yengil vazn toifasida xuddi shu narsani aytishgan.
Hech kim u bilan yengil vaznda jang qilishga urinmadi. Hech kim uni yiqitishga uringanini koʻrmadim.
U mening divizionim kurashchilari bilan uchrashishi ... Menimcha, bu hamma narsani oʻzgartiradi va shuning uchun ham u muammolarga duch keladi”, – dedi jangchi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!