$
12149.55 UZS
8.64
150.44 UZS
1.03
14087.40 UZS
34.3
31° Kechasi 18°

Bilim va ko‘nikma yetmaganlarni o‘qitamiz, tajriba yetishmasa o‘rgatamiz – Shavkat Mirziyoyev

16:56 / 04.08.2022

Bugun, 4-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti raisligidagi davlat xizmatini isloh qilish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida, Shavkat Mirziyoyev tuman yoki shahar darajasidagi rahbarlik uchun Salohiyatli kadrlar rezervi tuzilishini ma’lum qildi:

- unga nomzodlar faqat mahallalardagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari orasidan tanlab olinadi;

- ular uchun maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etiladi;

- ushbu yoshlar kamida bir oy vazirlik va hokimliklarda ish o‘rganib, malaka oshiradi;

- xorijiy mutaxassislar bilan birga, ularning shaxsiy fazilatlari, psixologik holati tahlil qilinib, rahbarlik ko‘nikmalari shakllantiriladi.

“Ya’ni, kompetensiyasiga qarab, bilim va ko‘nikma yetmaganlarni o‘qitamiz, tajriba yetishmasa o‘rgatamiz”,– deydi Prezident.

Mutasaddilarga yil yakuniga qadar Salohiyatli kadrlar rezervi uchun hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari orasidan 1 ming nafar nomzodni tanlab, takliflar kiritish topshirildi.

“Kuni kecha yarim yil yakuni bo‘yicha yaxshi natija ko‘rsatgan 65 nafar hokim yordamchisi va 40 nafar yoshlar yetakchilarini Salohiyatli kadrlar rezerviga o‘zim tanlab oldim”,– dedi davlat rahbari.

Uch oy muddatda “100 ta ilg‘or yetakchilar” dasturini boshlash vazifasi qo‘yildi. Dastur doirasida davlat xizmatchilari, faol tadbirkorlar, xorijdagi vatandoshlar orasidan har ikki yilda 100 nafar salohiyatli yosh kadrlar tanlab olinadi.

Ular uchun alohida o‘quv dasturlari ishlab chiqilib, xorijda stajirovka o‘tash tizimi joriy etiladi. O‘qitish yakuni bilan ushbu kadrlar davlat tizimidagi nufuzli lavozimlarga nomzod bo‘ladi.

Bunday dastur Birlashgan Arab Amirliklarida ijobiy natijalarini ko‘rsatgani ta’kidlandi.

 

 


Bu ham qiziq

Fransiya sobiq prezidentining jazoni o‘tash muddati 21-oktyabrdan boshlanadi

Fransiya sobiq prezidentining jazoni o‘tash muddati 21-oktyabrdan boshlanadi

Avvalroq, sud Nikolya Sarkozini qamoq jazosiga hukm qilgan edi.
11:08 / 14.10.2025
Tadbirkorlarga zamonaviy mahalla binolari uchun soliq imtiyozlari beriladi

Tadbirkorlarga zamonaviy mahalla binolari uchun soliq imtiyozlari beriladi

Sharoitlar yaratilgani sababli joylarda xususiy sheriklik asosida mingga yaqin zamonaviy mahalla binolari barpo etildi.
15:53 / 14.10.2025
14-oktyabr kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-oktyabr kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 14 oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib…
18:08 / 13.10.2025
Metan “zapravka”larga limit qo‘yilgani haqidagi xabarlar rad etildi

Metan “zapravka”larga limit qo‘yilgani haqidagi xabarlar rad etildi

Shu vaqt ichida ba’zi “zapravka”larda qisqa muddatli uzilishlar bo‘lgan.
15:50 / 13.10.2025
Farg‘onadagi “zapravka”da Damas yonib ketdi

Farg‘onadagi “zapravka”da Damas yonib ketdi

Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
11:30 / 14.10.2025
Yangilangan Damas va Cobalt ishlab chiqariladi

Yangilangan Damas va Cobalt ishlab chiqariladi

UzAuto Motors 13-oktyabr kuni Damas va Cobalt avtomobillari yangilangan versiyasi ishlab chiqarilishini e’lon qildi.
14:21 / 13.10.2025
Buyuk Britaniya G‘azoga 20 mln funt ajratadi

Buyuk Britaniya G‘azoga 20 mln funt ajratadi

Bu mablag‘ ochlik, kasallik va ozuqa yetishmovchiligi xavfi ostidagi aholiga yo‘naltiriladi.
09:31 / 13.10.2025
Chernogoriya o‘zbekistonliklarga vizasiz rejimni bekor qildi

Chernogoriya o‘zbekistonliklarga vizasiz rejimni bekor qildi

Chernogoriya hukumati O‘zbekiston va yana bir qator davlatlar fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi.
18:01 / 14.10.2025
O‘zbekistonliklar safar qilayotgan TOP-10 davlat ma’lum qilindi

O‘zbekistonliklar safar qilayotgan TOP-10 davlat ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida qariyb 5,2 mln nafar O‘zbekiston fuqar…
09:26 / 13.10.2025
Netanyaxu Misrdagi sammitda qatnashmasligi ma’lum bo‘ldi

Netanyaxu Misrdagi sammitda qatnashmasligi ma’lum bo‘ldi

Avvalroq, Falastin prezidenti va Isroil bosh vaziri Misrda bo‘lib o‘tadigan sammitda ishtirok etishi aytilgan edi.
18:21 / 13.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!