$
11903.15 UZS
-62.36
₽
146.75 UZS
0.79
€
13329.15 UZS
-108.12
31° Kechasi 18°

Bir mavsumda 6,2 mln tup ko‘chatlar qo‘shib yozilgani aniqlandi

14:34 / 24.06.2022

Hisob palatasining o‘rganishlari natijasida tadbirning to‘laqonli ijrosiga ayrim hududlarda hokimliklar, mutasaddi tashkilot va idora rahbarlari tomonidan yetarli e’tibor qaratilmagani aniqlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2022-yil 1-martdan boshlab mamlakatda ekologik holatni yaxshilash maqsadida “Yashil yillik” umummilliy tadbiri boshlangan edi.

Hisob palatasi tomonidan ushbu tadbir doirasida bahor mavsumida daraxt ko‘chatlarini ekish jarayoni va amalga oshirilgan ishlarning haqqoniyligi o‘rganib borilgan.

Joriy yil baxorgi mavsumning hisobotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha jami 129,6 million dona ko‘chatlar ekilgan.

Shuningdek, o‘rganishlar natijasida tadbirning to‘laqonli ijrosiga ayrim hududlarda hokimliklar, mutasaddi tashkilot va idora rahbarlari tomonidan yetarli e’tibor qaratilmagani aniqlangan.

Jumladan:

- daraxt ekish ishlarini tizimli tashkil etmasdan, sug‘orish va parvarishlash uchun tegishli mas’ullar biriktirilmagan;

- haqiqatda ekilmagan 6,2 million dona ko‘chatlar hisobotlarga qo‘shib yozilgan;

- 3,4 million dona ko‘chatlar daraxt va ko‘chatlar sug‘orish tizimi bo‘lmagan joylarga ekilgan;

- 2,4 million dona ko‘chatlar suvsizlik va yetarli parvarish bo‘lmaganligi sababli bahor tugamasdan qurib nobud bo‘lgan;

- yerning tabiiy iqlim xususiyatlarini inobatga olmagan holda 341 ming dona ko‘chatlar yaroqsiz yerlarga ekilgan bo‘lib, 65 ming donasida ko‘chatlar orasida belgilangan masofa saqlanmagan.

Vaholanki, davlat rahbari tomonidan ko‘chatlarni hududiy ekologiya xususiyatlaridan kelib chiqib, to‘g‘ri yondashgan holda ekish va bu borada namunaviy mahallalarni barpo etish masalasi qat’iy belgilangan edi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda tegishli vazirliklarga aniqlangan kamchiliklarni tanqidiy muhokama qilib, qayd etilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, shu jumladan, ko‘chatlarni parvarishlashga jiddiy e’tibor qaratish va mas’ullarga keskin intizomiy choralar ko‘rish yuzasidan topshiriqlar berilgan.

Xususan, Hisob palatasi tomonidan ekologiya va O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitalari bilan birgalikda ekilgan ko‘chatlarning parvarishi ustidan ham nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.


Bu ham qiziq

Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri shikastlanganini ma’lum qildi

Eron 22-oktabr kuni Hormuz bo‘g‘ozida yetti neft tankeri yonib ketgani yoki shikastlanganini ma’lum qildi. Hodisalarga Eron …
23:59 / 22.10.2026
FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

2027 yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkaziladigan FIFA U-20 Jahon chempionati 17-sentabrdan 9-oktabrgacha davom etadi. B…
23:44 / 22.10.2026
23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

23-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
16:50 / 22.10.2026
22-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

22-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

TOSHKENT SHAHRI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kecha…
15:59 / 21.10.2026
Parijda “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Parijda “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

Fransiyalik jurnalist, “Georama” nashriyoti asoschisi va direktori Didye Labush “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro …
10:18 / 22.10.2026
O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq gaz balloni va 13,6 tonna suyultirilgan gaz noqonuniy muomaladan olindi

O‘zbekistonda 19–21-oktabr kunlari o‘tkazilgan reydlarda noqonuniy muomalada bo‘lgan 3 mingdan ortiq gaz balloni va ularda s…
23:49 / 22.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammiti …
09:09 / 22.10.2026
O‘zbekistonda davlat tili talablariga zid 4,5 mingga yaqin yozuv aniqlandi

O‘zbekistonda davlat tili talablariga zid 4,5 mingga yaqin yozuv aniqlandi

O‘zbekistonda 2026-yil davomida reklama va tashqi yozuvlarning davlat tili talablariga muvofiqligi bo‘yicha o‘tkazilgan moni…
13:37 / 21.10.2026
21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026
Tramp ma’muriyati 300 mingdan ortiq vizani bekor qildi

Tramp ma’muriyati 300 mingdan ortiq vizani bekor qildi

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati 2025-yil yanvarida boshlangan ikkinchi prezidentlik muddati davomida 300 mingdan or…
09:23 / 21.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!