$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Bir yil ichida uy-joy ko‘chmas mulk narxlari 11,1 foizga oshib ketishiga nima sabab?

17:20 / 12.06.2024

O‘zbekistonda uy-joy ko‘chmas mulk bozori ketma-ket ikkinchi oy ijobiy dinamikani ko‘rsatmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, aprel oyida sotuvlar 11 foizga, may oyida esa 9 foizga oshgan. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lum qildi.

O‘zbekistonda may oyida 21,6 mingta uy-joy sotilgan, bu o‘tgan oyga nisbatan 9 foizga yuqori.

O‘tgan yilning may oyiga nisbatan uy-joy bozoridagi faollik 15,2 foizga kamaygani aytilmoqda.

Uy-joy savdosining eng katta o‘sishi Samarqand viloyatida qariyb 21 foizga, Andijon va Namangan viloyatlarida mos ravishda 19,3 va 15 foizlarda kuzatilgan.

Toshkentdagi uy-joy ijaraga berish bozoridagi vaziyat qanday?

May oyida uy-joy ijara bozori aprel oyidagi pasayishga nisbatan mo‘tadillashdi. Aprel oyi bilan taqqoslaganda poytaxtning aksariyat tumanlarida sezilarli o‘sish qayd eitlmadi, o‘sish atigi 1,2 foizni ko‘rsatdi. Toshkentda uy-joy ijara narxi bir kvadrat metri uchun 8,4 dollarni tashkil etdi.

Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi hamon yuqoriligicha qolmoqda, ushbu tumanlarda ijara narxi bir kvadrat metri uchun o‘rtacha 10,5 dollarni ko‘rsatmoqda.

Boshqa tumanlarga nisbatan arzon uy-joy ijara narxlari Uchtepa, Sergeli va Bektemir tumanlarida saqlanib qolmoqda.
Shu bilan birga, o‘tgan yilning may oyiga nisbatan poytaxt ijara bozori 6,7 foizga qisqargan.

Respublika bo‘yicha ikkilamchi uy-joy narxlari may oyida 1,3 foizga, yillik hisobda esa 10,3 foizga oshdi, bu inflyatsiya ko‘rsatkichlariga yaqinroq. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lum qildi.

O‘tgan oyda mamlakatda ikkilamchi uy-joylar narxlari dinamikasi o‘rtacha o‘sish bilan tavsiflangan. May oyida ikkilamchi bozorda o‘rtacha narxlar o‘tgan oyga nisbatan 1,3 foizga oshgan. Yillik ko‘rsatkichlarda narxlarning sezilarli darajada - 10,3 foizga o‘sishi kuzatilmoqda, bu esa iqtisodiyotdagi umumiy inflyatsiya darajasiga yaqinlashmoqda, deyilgan tahlilda.

Shunday qilib, oylik dinamikasining bir oz yumshatilishiga qaramay, ikkilamchi uy-joy narxlarining uzoq muddatli o‘sish tendensiyasi davom etmoqda.

Ikkilamchi uy-joy narxlarining eng yuqori o‘sishi qayd etilgan hududlar Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari bo‘lib, ularda narxlar o‘rtacha 18,7 foizga oshgan.

Joriy yilning may oyida poytaxtning ikkilamchi uy-joy bozorida narxlarning sezilarli darajada oshishi qayd etilgan hududlardagi vaziyatdan farqli o‘laroq, narxlar holati sezilarli o‘zgarishlarsiz saqlanib qolgan.

May oyida poytaxtda narxlar o‘sishi 1,1 foizni tashkil etdi, bu o‘tgan oyning ko‘rsatkichiga to‘g‘ri keladi. Yillik ko‘rsatkichda 2023-yil may oyiga nisbatan poytaxtda ikkilamchi uy-joy bozorida narxlarning o‘sishi 11,1 foizni tashkil etdi.

Poytaxtning markaziy tumanlari kontekstida ikkilamchi uy-joy bozoridagi narx dinamikasini tahlil qilish vaziyatning turlicha ekanligini ko‘rsatadi. May oyida narxlarning eng yuqori o‘sish sur’atlari Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor va Uchtepa tumanlarida qayd etildi. Narxlarning eng yuqori o‘sishini ko‘rsatgan ushbu uchta hudud uchun o‘rtacha hisobda ikkilamchi uy-joy narxining o‘sishi 1,5 foizni tashkil etgan.

O‘zbekiston

														Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026

														Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026

														Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026

														Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026

														Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026

														Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026

														Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026

														Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026

														AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026

														Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026

Bu ham qiziq

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!