$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz” – Shavkat Mirziyoyev

09:07 / 01.09.2023

Toshkent shahrida 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi katta tantana qilindi.

Bayramda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, xalqimizni bu qutlug‘ sana bilan tabrikladi.

Mamlakatimiz rahbari o‘tgan davrda O‘zbekiston turli sinovlarda toblanib, tajriba orttirib, o‘zining aniq maqsadi va yo‘li, pozisiyasiga ega bo‘lgan katta davlat sifatida shakllanganini ta’kidladi.

– Siz, azizlarning Vatanga mehr va sadoqat bilan qilayotgan har kunlik mehnatingiz O‘zbekiston mustaqilligini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Shu ma’noda, Istiqlol bayrami – barchamizning bayramimiz, mustaqil O‘zbekiston – barchamizning faxrimiz, iftixorimiz, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Albatta, xalqimiz mustaqillikka, bugungi farovonlikka osonlik bilan erishmagan. Bu yo‘lda ajdodlarimizning siyosiy va ma’rifiy intilishlari so‘nggi bir yarim asr davomida deyarli to‘xtamagan. Istiqlolga intilgan millat qahramonlari zulm va zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan. Mamlakatimiz mustaqilligi tufayli ularning pok nomlari tiklanmoqda.

Mustabid tuzum davrida xalqimizning yeri, kuchi, bor salohiyati faqat dehqonchilikka yo‘naltirildi. “O‘zbek” deganda, faqat ertayu kech paxta dalasida mehnat qiladigan zahmatkash insonlar tasavvur qilinar edi. Paxta siyosati Orolni quritdi, ekologiyamizni inqirozga olib keldi, iqtisodiyotimizni, ta’lim tizimini izdan chiqardi.

Bugun paxtachilikda bozor iqtisodiyoti tamoyillari joriy etilib,  majburiy mehnatga va bolalar mehnatiga chek qo‘yildi. O‘qituvchi maktabga, shifokor shifoxonaga qaytdi. O‘zbekiston xalqaro “qora ro‘yxatlar”dan chiqarildi.

Siyosiy mustaqillik zamirida eng avvalo iqtisodiy mustaqillik yotishi hech kimga sir emas. Mehnat va mashaqqatlar bilan bu asos mustahkamlanib bormoqda. So‘nggi 6 yilda yurtimizda yalpi ichki mahsulot hajmi 1,5 martadan ziyod, tadbirkorlik sub’yektlari soni 2 karra ko‘paygani, sanoatdagi o‘sish 40 foizdan oshgani buni yaqqol tasdiqlaydi.

– Lekin biz bugun bilan kechagi kunni emas, bugun bilan ertangi kunni taqqoslashimiz, ishimizni shu asosda tashkil etishimiz kerak. Zero, kelajak bugun biz tashlayotgan qadamlardan boshlanadi, – dedi Prezident.

Mamlakatimiz intilayotgan taraqqiyotning asosi ta’lim ekani ta’kidlanib, bu sohada qilinayotgan ishlar qayd etildi. 

– Agar 3 ming yillik tariximizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ota-bobolarimiz asrlar mobaynida dunyo tamadduniga nafaqat jismoniy, balki intellektual mehnati bilan ulkan hissa qo‘shganiga guvoh bo‘lamiz. Biz jahonga faqat xomashyo emas, avvalo ilm-ma’rifat, ma’naviy boylik yetkazib bergan ne-ne ulug‘ zotlarning avlodimiz.  Hech shubhasiz, ularga xos bo‘lgan buyuk fazilatlar, ular yaratgan shonli an’analar bugun ham bizning qalbimizda, ongimizda, hayotimizda yashamoqda. Men ishonaman, biz bu tarixiy yo‘lni munosib davom ettirishga har tomonlama qodirmiz, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari o‘z nutqida bugun mamlakatimiz oldida turgan muhim masalalarga jamoatchilik e’tiborini tortdi. Ekologiyani asrash, suv, energiya va boshqa tabiiy resurslarni tejaydigan iqtisodiyotga tezroq o‘tish, innovasion ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish vazifasi dolzarb ekani qayd etildi.

– Hech qachon unutmasligimiz lozimki, tabiiy resurslar – bu kelajak avlodlarimizga ham tegishli bo‘lgan boylikdir. Shu bois, ulardan nafaqat bugungi, balki ertangi kunimizni ham o‘ylab, oqilona foydalanishimiz shart, – dedi mamlakatimiz yetakchisi.

Yana bir muhim vazifa – jamiyat hayotining barcha sohalarida ayollar uchun teng imkoniyatlar yaratish ekani ta’kidlandi. Bu haqda gapirar ekan, Prezident ma’rifatparvar bobomiz Abdurauf Fitratning “xotin-qizlar – bu “millat onalaridir” degan so‘zlarini yodga oldi.

Insoniyat oxirgi yillarda qattiq sinovlar bilan yuzma-yuz kelgani, bunda irodasi mustahkam va birlashgan xalqlar barqaror rivojlanishi ta’kidlandi.

– O‘zbekistonning har bir farzandi xalqimizning birdamligi, mamlakat yaxlitligi uchun kurashib yashashni o‘z hayotining ma’nosi deb bilmog‘i kerak! Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz, – dedi Prezident.

Xalqimiz hamisha tinchlik tarafdori bo‘lib kelgani, olis va yaqin mamlakatlar bilan do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari rivojlantirilishiga urg‘u berildi.

Oldindagi vazifalar qanchalik ulkan va murakkab bo‘lmasin, ularni elimiz birgalikda hal etishga qodir ekani ta’kidlandi.

– Tarixdan ma’lum: vaqtni – imkoniyatga, imkoniyatni – yutuqqa, yutuqni taraqqiyot poydevoriga aylantira olgan xalq – buyuk xalqdir. Bugun mehnatkash, mard va olijanob, mehr-oqibatli elimiz ayni shunday xalq bo‘lib maydonga chiqmoqda, – dedi davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz bu yo‘lda fidokorona mehnat qilib kelayotgan yurtdoshlarimizga, butun xalqimizga minnatdorlik bildirdi.

– Barcha yutuq va g‘alabalarimizning ijodkori va bunyodkori bo‘lgan xalqimiz hamisha omon bo‘lsin! Go‘zal yurtimizda tinchlik va osoyishtalik bardavom bo‘lsin! Jonajon Vatanimizga ko‘z tegmasin! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin, – deya so‘zini yakunladi Prezident.

Bayram katta konsert dasturi bilan davom etdi. Unda erksevar ajdodlarimiz orzusi, bugungi ozodlik shukuhi, xalqimizning kelajakka ishonchi va umidlari ifodalandi. Mamlakatimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan mard o‘g‘lonlar xotirasi yodga olindi. Mumtoz kuy-qo‘shiqlarda xalqimizning boy san’ati va qadriyatlari, folklor-etnografik jamoalarning chiqishlarida O‘zbekiston turli madaniyatlarni birlashtirgan makon ekani yorqin namoyon bo‘ldi.

Tantanali tadbir televideniye va internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etildi.


Bu ham qiziq

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Farğona va Andijon viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 900 AQŞ…
10:12 / 12.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!