$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lanadigan davlat boji kamaytirildi

18:20 / 29.12.2021

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-yanvardagi “Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Ushbu hujjat bilan Hukumatning qarorlariga quyidagi o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi:

- birinchidan, O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qo‘llash tizimi to‘g‘risida nizomning (Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 130-son qarori bilan tasdiqlangan) 5-bandi yangi tahrirda belgilangan bo‘lib, unga muvofiq jismoniy shaxsni davlat soliq xizmati organlarida soliq to`lovchi sifatida hisobga qo‘yish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami orqali amalga oshiriladi.

- Ikkinchidan, Advokatlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizomga (Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan) quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:

- litsenziya talabgorining arizasini ko‘rib chiqish muddati qisqartirildi. Ilgari bu muddat 20 kun bo‘lgan bo‘lsa, hozir esa 10 ish kunini tashkil qiladi.

- adliya organi tomonidan litsenziyani qayta rasmiylashtirish va dublikat berish muddati qisqartirildi. Avvalgi tahrirda bu muddat 3 kunni tashkil etgan bo‘lsa, yangi tahrirda 2 ish kuni belgilangan.

- har xil yig‘imlar bekor qilindi. Yangi tahrirda litsenziya berish to‘g‘risidagi arizaning adliya organi tomonidan ko‘rib chiqilishi, shuningdek litsenziyaning dublikati berilganligi uchun yig‘imlar nazarda tutilmagan.

Uchinchidan, Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, Nizomning 48-bandi ariza beruvchilar qayta ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida davlat boji to‘lamagan holda qayta ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza berish huquqiga ega ekanligi haqidagi band bilan to‘ldirilgan. Shuningdek, ro‘yxatga olish guvohnomasini berish uchun BHMning 10% undirilishi qayd etilgan.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va joriy yil 27-dekabrdan kuchga kirgan.


Bu ham qiziq

Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 3,1 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vosital…
09:27 / 20.11.2026
Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda jazoni ijro etiş koloniyasida ötirib, uyali telefon orqali onlayn narkodökon faoliyatini boşqargan mahkum va uning…
16:10 / 19.11.2026
Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metropolitenida yölovçilar oqimi oşgani sababli vagon parkini kengaytiriş rejalaştirilmoqda. 2026-yil sentabr–oktabr…
11:50 / 20.11.2026
Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari yuzasidan inv…
15:04 / 20.11.2026
Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda aholi va tadbirkorlarning naqd pul oliş huquqini kafolatlovçi yangi tartib joriy etiladi. Unga köra, banklar fu…
16:18 / 19.11.2026
Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda 2030-yilga qadar oltin qazib oliş hajmini 175 tonnaga, kumuş işlab çiqarişni 500 tonnaga, mis işlab çiqariş quv…
14:06 / 19.11.2026
Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan özbek tilidagi 6 milliardga yaqin sözni öz içiga olgan yirik oçiq matnli ma’lumot…
11:29 / 20.11.2026
O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar sohasida Turkiya bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda…
14:46 / 19.11.2026
Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş sanoatida xomaşyodan töliq foydalaniş va işlab çiqariş çiqindilarini qayta işlaş böyiça yangi tal…
15:38 / 20.11.2026
Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistondagi bir qator internet naşrlari ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqi buzilgani haqidagi şikoyatlar orqali pul u…
13:48 / 19.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!