$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi raisining o‘rinbosari etib O‘zbekiston vakili saylandi

10:21 / 22.11.2021

O‘zbekistonning Jenevadagi doimiy vakili BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarixida ilk bor BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi (IHK) byurosi faoliyatida ishtirok etadi.

Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy guruhiga a’zo davlatlar O‘zbekistonning Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili nomzodini 2022-yil uchun BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi raisining o‘rinbosari lavozimiga bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi byurosi tarkibi IHK raisi hamda uning turli geografik guruhlardan saylangan to‘rtta o‘rinbosaridan tashkil topgan.

O‘zbekistonning doimiy vakili nomzodi ko‘rsatilgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi BMT IHK tizimidagi eng yiriklardan biri hisoblanadi. Guruhda 56 ta davlat bor.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda O‘zbekiston 2021-2023-yillar mobaynida BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining to‘laqonli a’zosi etib saylangan va tashkilot doirasida faol ish olib bormoqda. 

Joriy yil oktyabr oyida O‘zbekiston tashabbusi bilan Kengash tomonidan Pandemiya davrida yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi birinchi rezolyusiya qabul qilindi. Mazkur hujjat BMT IHKning barcha a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va 60 ga yaqin davlat unga hammualliflik qildi.

BMT IHK tarkibiga 47 davlat kiradi hamda butun dunyo bo‘ylab inson huquqlarini ilgari surish va himoya qilishga mas’ul tuzilma hisoblanadi. Kengash vakolatiga inson huquqlari sohasidagi e’tiborga molik bo‘lgan barcha masalalar va vaziyatlarni muhokama qilish kiradi.

Kengash majlislari BMTning Jenevadagi vakolatxonasida o‘tkaziladi.


Bu ham qiziq

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!