“Botanika bog‘lari” yerlarini begonalashtirish, hududida bino-inshootlar qurish yoki qurilish osti maydonlarini kengaytirish taqiqlandi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunida e’lon qilindi.
Qonunda asosan yer uchastkalaridan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish, madaniy hordiq maskanlari hududlarini saqlab qolish uchun mustahkam huquqiy asos yaratish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, sayilgoh, xiyobon, bog‘lar hududi, ularda ekilgan daraxtlar muhofazasini kuchaytirish, bino va inshootlar qurilishining oldini olish maqsad qilingan.
Senatorlar majlisida, ushbu qonun senatorlar tomonidan ma’qullangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!