$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Britaniya qirollik oilasi mojarolari davom etadi

16:33 / 29.01.2023

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III shahzoda Garri va Megan Markl o‘zining toj kiyish marosimida qatnashishlarini xohlaydi, ammo valiahd Uilyam bunga qarshi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, qirol Charlz arxiyepiskop Jastin Uelbidan shahzoda Garri va Megan Marklning marosimda qatnashishi uchun vositachilik qilishni so‘ragan.

Saroydagi yuqori martabali manbalarning nashrga ma’lum qilishicha, Buyuk Britaniya qiroli Sasseks gersoglari uning toj kiyish marosimida qatnashishini xohlaydi, ammo shahzoda Uilyamning qarshiligiga duch keldi. U ukasini vaziyatdan foydalanib, bu muhim voqeada “ko‘zga soya soladigan hiyla-nayranglarni sodir etishidan” qo‘rqadi.

Xabarlarga ko‘ra, qirol Kenterberi arxiyepiskopidan o‘zining janjalkash o‘g‘illari o‘rtasida Garri va Meganga 2023-yil may oyida Buyuk Britaniyaga tashrif buyurishga imkon beradigan kelishuvga vositachilik qilishni so‘ragan.

Insayderning ta’kidlashicha, Charlz III yon berishga tayyor, chunki u Garri va Megan Marklning toj kiyish marosimida ishtirok etishi qirollik oilasi obro‘siga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga ishonadi. Bunday qarorga “Garri va Megan” hujjatli seriali va Sasseks gersogining “Zaxira” xotiralari ortidan yuz bergan bir qator mojarolar sabab bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qirollik oilasining do‘sti shahzoda Garri Charlz III’ning toj kiyish marosimiga kelmasligini aytgan edi.

Kenja o‘g‘il – Garrining ismi otasining toj kiyish marosimi uchun tayyorlangan ssenariydan o‘chirib yuborilgani xabar qilingan edi.

Qirol Charlz an’anadan chetga chiqqan holda gersoglarning qirol qarshisida tiz cho‘kib, unga hurmat bajo keltirishidan voz kechadi. Bu rolni faqatgina shahzoda Uilyam bajaradi.

Bunga so‘nggi vaqtlarda shahzoda Garrining shov-shuv ko‘tarish va qirollik oilasi a’zolarini qoralashga harakat qilayotgani sabab sifatida keltirilgan.

Qayd etish mumkin, toj kiyish marosimi 2023-yilning 6-may sanasiga rejalashtirilgan.


Bu ham qiziq

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!