$
12621.29 UZS
-103.87
158.44 UZS
-0.21
14596.52 UZS
88.57
35° Kechasi 21°

“Bu kabi fitnalarga aralashish harom” – Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi

17:53 / 23.09.2022

Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi oʻzbekistonlik migrantlarni Ukraina hamda Rossiya kabi urush kechayotgan hududlardagi turli vaʼdalar va fitnalarga aldanmaslikka chaqirdi.

Taʼkidlanishicha, bugungi kunda kurashlar, ziddiyatlar, dunyoni qayta taqsimlashga qaratilgan oʻyinlar avj olgan bir vaziyatda zulm va istibdod, terror va buzgʻunchiliklar, axloqsizlik va maʼnaviy inqirozlar har qachongidan xatarli tus olmoqda. Shuning uchun bugungi kunning musulmon kishisi har qachongidan koʻra ogoh va hushyor boʻlishi darkor.

“Ayrim terrorchi tashkilot vakillari esa paytdan foydalanib, “jihod” daʼvosi ostida turli xunrezliklarga chaqiriq bilan chiqmoqda. Aslida musulmon kishini oʻz vatanini himoya qilishdan boshqa har qanday harbiy harakatlarda ishtirok etishi sharʼan joiz boʻlmaydi. Bu haqda mazhabimizning buyuk olimlaridan biri Imom Muhammad “As-Siyarul-kabir” kitobida aytadilar: “Musulmonlar gʻayridinlar bilan birlashib, boshqa gʻayridin jamoaga qarshi urushishi joiz emas”.

Ushbu urushga “jihod” nomini berish jaholatdan boshqa narsa emas. Chunki Islom shariatida jihod uchun belgilab qoʻyilgan oʻziga xos shart va talablar mavjud. Agar shartlar topilmasa, u hech qanday jihod hisoblanmaydi. U Islomda harom qilingan urush boʻladi. Bunda ishtirok etganlar Allohning shariatiga qarshi chiqqan shayton askarlari qatorida boʻladi. Unda oʻldirganlar qotil, oʻlganlar esa gunoh uzra jon bergan bogʻiylar boʻladi” – deyiladi xabarda.

Shuningdek, murojaatda bu kabi fitnalarga aralashish sharʼan harom hisoblanishi, qolaversa, amaldagi qonunchiligimizda ham xorijiy mamlakatlarning harbiy tuzilmalari, noqonuniy diniy tashkilotlar va terrorchi guruhlar tarkibiga aʼzo boʻlish taʼqiqlangani aytib oʻtilgan.


Bu ham qiziq

Samarqandda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

Samarqandda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

“Samarqand viloyatida “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qa…
10:30 / 05.08.2025
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishning navbatdagi holatlari fosh etildi

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishning navbatdagi holatlari fosh etildi

Navbatdagi holatlar Bekobod, Kasbi va Muborak tumanlarida sodir bo‘ldi
21:24 / 05.08.2025
OpenAI sun’iy intellekti 2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga 2,9 mlrd so‘m soliq to‘ladi

OpenAI sun’iy intellekti 2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga 2,9 mlrd so‘m soliq to‘ladi

Kompaniya bu borada “Netflix” va “Tik-tok” kabi gigant kompaniyalarni ham ortda qoldirdi
18:17 / 04.08.2025
Namanganda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosining oldi olindi

Namanganda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosining oldi olindi

Hozirda mazkur ish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda
20:40 / 05.08.2025
Avazadagi konferensiya doirasida davlat rahbarlari madaniy tadbirlarda ishtirok etdilar

Avazadagi konferensiya doirasida davlat rahbarlari madaniy tadbirlarda ishtirok etdilar

Davlat rahbarlari Avazadagi milliy pavilonlarni borib ko‘rdilar
21:54 / 05.08.2025
Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi tashkil etiladi

Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi tashkil etiladi

Oliy maktabda o‘quv jarayoni 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi
19:00 / 04.08.2025
O‘zbekistonga o‘qish maqsadida qaysi davlat fuqarolari ko‘proq kelyapti?

O‘zbekistonga o‘qish maqsadida qaysi davlat fuqarolari ko‘proq kelyapti?

Top-10 talikdan 3 ta qo‘shni davlat fuqarolari bor
19:48 / 04.08.2025
Ertaga havo harorati 40 darajagacha koʻtariladi

Ertaga havo harorati 40 darajagacha koʻtariladi

“Oʻzgidromet” ertaga, 5-avgust kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
17:19 / 04.08.2025
2025-yilda O‘zbekistonga qancha choy import qilingan?

2025-yilda O‘zbekistonga qancha choy import qilingan?

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy yaqqol yetakchi
22:44 / 05.08.2025
Zo‘ravonlik va shilqimlik uchun 6 mingdan ortiq shaxs javobgarlikka tortilgan

Zo‘ravonlik va shilqimlik uchun 6 mingdan ortiq shaxs javobgarlikka tortilgan

Ma’lum qilinishicha, 2025-yilning birinchi yarmida mazkur moddalar asosida quyidagi huquqbuzarliklar aniqlangan.
10:55 / 05.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!