$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Bu yil barcha mahallalarda tub o‘zgarishlar bo‘lishi kerak – Prezident

17:34 / 15.01.2022

Shavkat Mirziyoyev raisligida 15-yanvar kuni mahallabay ishlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2022-yildagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, faol islohotlar, tadbirkorlikni rivojlantirish va mahallabay ishlash natijasida o‘tgan yili mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot 7,4 foizga o‘sgan. Xususan, hududlarda 100 mingta yangi tadbirkor ish boshlagan. O‘zini o‘zi band qilganlar soni 700 mingga ko‘payib, 1,2 millionga yetgani qayd etilgan.

– 2022-yilni Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili, deb e’lon qildik. Shu bois bu yil barcha mahallalarda tub o‘zgarishlar bo‘lishi kerak, – degan davlat rahbari.

Qayd etilishicha, yangi yildan 9 ming 309 nafar “hokim yordamchilari” ish boshladi. Ushbu tizimga mas’ul bo‘lgan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyati tashkil etilib, barcha masalalar hal qilib berilgan.

Shuningdek, yig‘ilishda mahallabay ishlash tizimini tashkil etish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan navbatdagi chora-tadbirlar muhokama qilingan.
Xususan, mutasaddilar mahallada hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etib, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga shaxsan mas’ul bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Bundan tashqari, hokim yordamchilari “temir”, “ayollar” va “yoshlar” daftarlari doirasida o‘z mahallalarida o‘rganishlar o‘tkazib, ijtimoiy reyestrni qaytadan yangilashi lozimligi ta’kidlangan.
Bunda, eng avvalo, ishlash imkoniyati va xohishi bor, lekin sharoiti og‘ir oilalarni o‘qitish va o‘z ishini boshlashi uchun imtiyozli kredit, subsidiya yoki dehqon xo‘jaligi uchun ularga yer maydonlari ajratish yo‘lga qo‘yiladi.

– Aholini o‘qitish va tadbirkorlikka jalb qilishga katta hajmda kredit va subsidiyalar ajratilmoqda. Lekin, joylarda aksariyat odamlar ulardan bexabar desak, bu ham haqiqat, – degan Prezident. – Shuning uchun hokim yordamchilari aholi bilan har kuni ishlab, ularga mavjud sharoitlarni yetkazishi, tadbirkorlik va dehqonchilikka o‘rgatish orqali kambag‘allikdan chiqarishi lozim.

Ushbu maqsadlar uchun joriy yilda 10 trillion so‘m imtiyozli kredit va 2,5 trillion so‘m subsidiya (har bir mahallaga o‘rtacha 1,3 milliard so‘m) ajratilishi ma’lum qilingan.
Bu borada mahallada tadbirkorlik va dehqonchilikni rivojlantirish uchun oilalarni zarur asbob-uskunalar va ish qurollari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etilgan.

Keltirilishicha, joriy yil dehqonchilik uchun ajratilayotgan 80 ming gektar ekin maydoni ham birinchi navbatda yuqorida qayd etilgan toifadagi oilalarga beriladi. Shu orqali 500 ming aholini doimiy daromad manbai bilan ta’minlash mumkin.

Mutasaddilar oldiga ekin yerlarini ajratish ishlarini tanqidiy muhokama qilib borish, aholini parrandachilik, qo‘y-echkichilik, quyonchilik, baliqchilik, asalarichilik bilan band qilish uchun yetakchi tadbirkorlarni jalb etish, mavjud imkoniyatlarni o‘rganib, tadbirkorlar ishtirokida mahallalarni inkubator bilan ta’minlash, yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kafolatli sotib olish tizimini tashkil etish vazifasi qo‘yilgan.

– Bir narsani hamma aniq tushunib olishi zarur. Hokim yordamchilari – Prezidentning mahalladagi vakillari hisoblanadi. Ularning asosiy vazifasi – o‘z mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rni yaratish,  kambag‘allikni qisqartirish va oilalar daromadini ko‘paytirishdan iborat.

Buning uchun hokim yordamchilari har qanday byurokratiyadan xoli bo‘lishi, hech qaysi hokim yoki rahbar ularni majlislarga chaqirmasligi, turli hisobotlar bilan “ko‘mib tashlamasligi” lozim. Ular uchun faqat sharoit yaratib berishi kerak, – degan Shavkat Mirziyoyev.
Yig‘ilishda aholi murojaatlari orqali joylardagi vaziyat o‘rganilib, mahallalar qiyofasi va ijtimoiy muhitini yaxshilashga alohida e’tibor qaratish lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Bu ishlar, avvalo, iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli nisbatan og‘ir bo‘lgan mahallalardan boshlanadi.

Shu munosabat bilan ushbu mahallalarda infratuzilmani yaxshilash, ichimlik suvi tarmoqlarini, bog‘cha, maktab, tibbiyot muassasalari, madaniyat markazlarini ta’mirlash va qurish, bir so‘z bilan aytganda, odamlarni rozi qilishga ustuvor ahamiyat berish lozimligi qayd etilgan.
Ta’kidlanishicha, yig‘ilishda tarmoq va hududlar rahbarlari yangicha tizimda ishlash yuzasidan rejalarini bayon qilgan.


Bu ham qiziq

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!