$
11994.10 UZS
6.94
₽
145.79 UZS
-0.5
€
13420.20 UZS
26.95
31° Kechasi 18°

“Bu yil energetika tizimini yaxshilashga 14,5 trillion so‘m berdik”– Shavkat Mirziyoyev

08:41 / 23.11.2023

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida bo‘lib, energetika tizimining qish mavsumiga tayyorgarligi bilan yaqindan tanishdi.

Yil boshida kelgan anomal sovuqdan xulosa qilib, tizim salohiyati oshirildi. Avvalo, ichki imkoniyatlar to‘la ishga solinib, tarmoqlar modernizatsiya qilindi. Qolaversa, xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda ish olib borildi. Muassasa, korxona va turar joylardagi dolzarb masalalar o‘rganilib, bartaraf etildi. Bu ishlar har bir mahallagacha yetib bordi.

– Bu yil energetika tizimini yaxshilashga barcha manbalardan 14,5 trillion so‘m berdik. Qanday xomashyo, buyum, texnika kerak bo‘lsa, olib berildi. Endi soha rahbarlari mas’uliyatni to‘liq zimmasiga olib, aniq reja qilishi va energiya yetkazib berishni kafolatli ta’minlashi zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Joriy yilning o‘tgan davrida 675 megavattli elektr quvvatlari ishga tushdi. Respublika bo‘yicha 100 ta podstansiya, 11,5 mingta transformator va 34 ming kilometr tarmoqlar yangilandi.

Aholi va korxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida qo‘shimcha 5 milliard kub metr kafolatli gaz manbalari hal qilindi. Yerosti omborlarida yetarlicha gaz zaxirasi jamlandi. 

Prezidentimiz sovuq kunlarda energiya resurslariga bo‘lgan talabni kafolatli ta’minlash mutasaddilarning hisobotini eshitdi.

Energetika vaziri ajratilgan mablag‘ evaziga joriy yilda qilingan ishlar va yaratilgan zaxira, kunlik iste’mol va uni ta’minlash mo‘ljallari to‘g‘risida axborot berdi. 

Qayd etilganidek, energetika tizimi 1-dekabrdan 24 soatlik ish tartibiga o‘tadi. Yaqin oylarda 1 ming 700 megavattli 8 ta quyosh va shamol elektr stansiyasi, Sirdaryoda 500 megavattli gaz turbinasi ishga tushiriladi. Surxondaryodagi Sharg‘un konida 900 ming tonna ko‘mir qazib chiqarish boshlanadi.

Shuningdek, suyultirilgan gaz, mazut, transformator, kabel va boshqa zarur vositalarning zaxirasi tayyorlab qo‘yilgan.

Davlatimiz rahbari energiya manbalarini barqaror yetkazib berish, shu bilan birga, to‘lov intizomini ta’minlash muhimligini ta’kidladi. Noqonuniy ulanishlarga chek qo‘yish, ob-havoga qarab, iliq kunlarda energiya resurslarini iqtisod qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Tadbirda “O‘ztrangaz”, “Hududgazta’minot”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari ham axborot berdi.

 


Bu ham qiziq

Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Nvidia boş direktori Jensen Xuangning Xitoy foydasiga josuslik qilişda gumonlanayotgan ayol bila…
10:08 / 10.11.2026
“NURA Electric” korxonasida 100 ga yaqin muhandis öz işlanmalarini amaliyotga tatbiq etmoqda

“NURA Electric” korxonasida 100 ga yaqin muhandis öz işlanmalarini amaliyotga tatbiq etmoqda

“NURA Electric” korxonasida muhandislik işlanmalari va dual ta’lim tizimini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko…
13:31 / 09.11.2026
Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 3 391 ta yöl-transport hodisasi (YTH) qayd etildi. Bu bir kunda örtaça 12 …
15:24 / 10.11.2026
Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonning Çxattisgarx ştatida 4 yoşli bolaning jasadi makkajöxori dalasi yaqinidagi suv töplangan çuqurlikdan topildi. U…
15:30 / 10.11.2026
Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlarga bölgan içki talabni qondiriş maqsadida ularni mahalliy işlab çiqariş imkoniyatlari örganiladi. Bu…
15:57 / 09.11.2026
Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

7-noyabr kuni Polşadagi Krakov şahrining Boş bozor maydonida otişma sodir böldi.
10:38 / 08.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Özbekistonda yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilangan jarima 60 kun içida tölanmasa, haydovçining transport vosit…
10:01 / 10.11.2026
Qirğizistonda dunyodagi eng uzun şişa köprik quriladi

Qirğizistonda dunyodagi eng uzun şişa köprik quriladi

Qirğizistonning «Ala-Arça» milliy boğida uzunligi 732 metr bölgan osma şişa köprik quriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda milliy …
10:32 / 08.11.2026
Umraga yuborişni va’da qilib, fuqarolardan qariyb 7 ming dollar olgan şaxslar uşlandi

Umraga yuborişni va’da qilib, fuqarolardan qariyb 7 ming dollar olgan şaxslar uşlandi

Samarqand va Guliston şaharlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 995 do…
14:28 / 09.11.2026
Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Boks böyiça sobiq Avstraliya çempioni Joş Frederiksen 36 yoşida paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi. Bu haqda “World Boxin…
17:34 / 07.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!