$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Bugun qaysi davlat rahbarlari tashrifi kutilmoqda?

11:00 / 14.09.2022

Bugun, 14-sentabr kuni Samarqandga BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Eron va Qirg‘iziston prezidentlari hamda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilingan.

“Xususan, hozirgina ilk mehmonimiz – Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Samarqandga yetib keldi. Shuningdek, ayni daqiqalarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Rozmari Di Karloning tashrifi kutilmoqda”, – dedi prezident matbuot kotibi.

Shuningdek, bugun Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning rasmiy tashrifi kutilmoqda.

“U Samarqandga tushdan so‘ng yetib keladi, oliy darajadagi muzokaralar bugunning o‘zida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv yakunida savdo, kooperasiya, innovasiyalar, transport, energetika, turizm va boshqa yo‘nalishlarda hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan”, – dedi Sherzod Asadov.

Bugun kunning ikkinchi yarmida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov ham Samarqandga yetib keladi.

Qolgan barcha mehmonlar tashrifi ertaga, 15 sentyabr kuni kutilmoqda.

“Bu kuni ko‘plab ikki tomonlama muzokaralar rejalashtirilgan. Kechga yaqin SHHT sammitining norasmiy tadbirlari boshlanadi. Asosiy tadbir esa 16 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yangi turizm markazidagi “Kongress-xol”da bo‘lib o‘tadi”, – deya qo‘shimcha qilgan prezident matbuot kotibi.

Asadovning fikricha, Samarqand sammiti dozlarb mintaqaviy va global mavzularga boy kun tartibiga ega bo‘lishi, uning yakunlari bo‘yicha SHHT doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kuchaytirish imkonini beruvchi muhim, qolaversa, tarixiy ahamiyat kasb etuvchi qarorlar va hujjatlar bo‘lishi kutilmokda. Sammit SHHT o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda ochiq va keng hamkorlikni ilgari suruvchi, davlatlar o‘rtasida do‘stona, o‘zaro teng huquqli va manfaatli serqirra aloqalarni kengaytirishga xizmat qilayotgan nufuzli tashkilot ekanligini tasdiqlaydi.


Bu ham qiziq

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!