Raqobat qo‘mitasi tomonidan axborot resurslari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan reklamalarning amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan tizimli o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.
Olib borilgan o‘rganishlarda ijtimoiy tarmoqlarda bir necha yuz minglab kuzatuvchilariga ega bo‘lgan blogerlar o‘zlariga tegishli sahifalarda bukmekerlik xizmatlarini reklama qilayotgan holatlari kuzatilgan. Shuningdek, qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi sahna ko‘rinishlari orqali joylashtirilgan video-roliklar quyidagi shaxslarga tegishli ekanligi aniqlangan:
bloger F.Shirinboyeva @clemenskoelpin
bloger D.Baxtiozin @mjova41, @Damirrxon
Yuqoridagi holatlar yuzasidan Raqobat qo‘mitasi tomonidan blogerlar belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortilib, tegishli hujjatlar sudga yuborilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!