$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
21° Kechasi

Buster doza bilan emlanganlar “omikron”ni “yengish” uchun yetarli antitanachalarga ega bo‘ladi

16:24 / 10.12.2021

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusning yangi “omikron” shtammi qayd etilgan mamlakatlar soni 57 taga yetdi. Eng yomoni, bu ko‘rsatkich kun sayin oshib bormoqda.
Xususan, JSST rahbari Tedros Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19’ning yangi mutatsiyasi pandemiyaga qanday ta’sir ko‘rsatishini oldindan aytish qiyin. Ammo yangi shtammning tez sur’atlar bilan tarqalayotgani fakt.
Pandemiyaning yangi to‘lqini, ayniqsa Yevropa mamlakatlarini tang ahvolga solib qo‘ymoqda. Masalan, Fransiyada so‘nggi 24 soat ichida 61,3 mingdan ortiq kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu o‘tgan yilning 2-noyabridan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Qayd etilishicha, Buyuk Britaniyada ham ahvol tashvishlanarli. Kasallanish holatlari kun sayin ko‘payib, kecha qariyb 50 ming 600 nafarga yetgan. Hukumat “omikron” shtammi keng tarqalib ketmasligi uchun qo‘shimcha tartib va cheklovlarni joriy etishga majbur bo‘lgan. 
Jumladan, joriy yilning  10-dekabridan Buyuk Britaniyada jamoat joylarida tibbiy niqob taqish majburiy etib belgilandi. Qolaversa, 13-dekabrdan masofaviy ish formatiga o‘tilishi mumkin. 
Boshqa mamlakatlar ham ehtiyot choralarini kuchaytirishga kirishgan. Masalan, Braziliyada “omikron” ro‘yxatga olingach, bu yerda emlanmagan xorijlik sayyohlar uchun besh kunlik karantin joriy etilgan.  
Ma’lumotlarga ko‘ra, olimlar ayni paytda mavjud vaksinalarning yangi shtammga nisbatan samaradorligini o‘rganmoqda. Xususan, Afrika Sog‘liqni saqlash tadqiqot instituti (Janubiy Afrika Respublikasi) ikki hafta davomida 12 nafar emlangan fuqaroning qon tahlillarini tekshirgan.  Ma’lum bo‘lishicha, vaksina olganlarda immunitet nisbatan yaxshi saqlanib qoladi. To‘liq bosqichda emlanganlarda antitanachalar yangi shtammga qarshi faolroq kurashdi.
Shuningdek, 2021-yil 8-dekabr kuni “Pfizer Inc va BioNTech SE” kompaniyalarining ilk laboratoriya tadqiqotlari yakunlari ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Pfizer vaksinasining uchinchi — buster dozasi antitanachalar miqdorini 25 barobar ko‘taradi va bu “omikron”ni “yengish” uchun kifoya qiladi. 



														
														Astronavt koinotdagi eng go‘zal va sirli joylardan birini ko‘rsatdi

Astronavt koinotdagi eng go‘zal va sirli joylardan birini ko‘rsatdi

Nashrda kosmonavt o‘z izdoshlaridan videoda olingan joyni tanishlarini so‘ragan.
17:11 / 26.04.2024

														
														Xitoy “Shenchjou-18” kosmik kemasini uchirdi

Xitoy “Shenchjou-18” kosmik kemasini uchirdi

U sun’iy yo‘ldoshini uchirish markazidan uchirilgan.
12:16 / 26.04.2024

														
														Isroil samolyoti G‘azodagi mahalliy aholiga zarba berdi

Isroil samolyoti G‘azodagi mahalliy aholiga zarba berdi

Hujum oqibatida bir falastinlik halok bo‘lgan, ikki kishi yaralangan.
12:14 / 26.04.2024

														
														Germaniyada Adidas va Nike o‘rtasidagi sud boshlandi

Germaniyada Adidas va Nike o‘rtasidagi sud boshlandi

Biroq Nike bu da’volarni asossiz deb hisobladi.
12:06 / 26.04.2024

														
														Olmaota aeroportida Air Astana uchuvchisi narkotik mastlik holatida qo‘lga olindi

Olmaota aeroportida Air Astana uchuvchisi narkotik mastlik holatida qo‘lga olindi

U yo‘lovchi sifatida uchib ketmoqchi bo‘lgan.
11:59 / 26.04.2024

														
														Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Yetkazib berish Iordaniya Qurolli Kuchlari va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
18:08 / 25.04.2024

														
														Kongo Respublikasida maymunchechak epidemiyasi e’lon qilindi

Kongo Respublikasida maymunchechak epidemiyasi e’lon qilindi

Bu haqda Reuters xabar berdi.
15:01 / 25.04.2024

														
														Afg‘onistonga O‘zbekistonning navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi

Afg‘onistonga O‘zbekistonning navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi

Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi ma’lum qildi.
14:16 / 25.04.2024

														
														“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

Rossiya parlamentining quyi palatasi spikeri Shvetsiyada yangi qonun o‘z fuqarolarining fikriga zid ravishda qabul qilinganl…
11:30 / 25.04.2024

Bu ham qiziq

Germaniyada Adidas va Nike o‘rtasidagi sud boshlandi

Germaniyada Adidas va Nike o‘rtasidagi sud boshlandi

Biroq Nike bu da’volarni asossiz deb hisobladi.
12:06 / 26.04.2024
Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Turistik maqsadlarda chet elga sayohat qilgan o‘zbekistonliklarning yarmini 31-55 yoshdagilar.
11:21 / 26.04.2024
Ilmiy nuqtayi nazardan parallel olamlar nima?

Ilmiy nuqtayi nazardan parallel olamlar nima?

Bunday parallel haqiqatlar mavjudligini birinchi bo‘lib ilgari surgan olim avstriyalik fizik Ervin Shredinger edi.
15:50 / 26.04.2024
Xarizma nima?

Xarizma nima?

Xarizma 2023-yilda internet olamida eng ko‘p ishlatilgan termin hisoblanadi.
15:57 / 26.04.2024
Isroil samolyoti G‘azodagi mahalliy aholiga zarba berdi

Isroil samolyoti G‘azodagi mahalliy aholiga zarba berdi

Hujum oqibatida bir falastinlik halok bo‘lgan, ikki kishi yaralangan.
12:14 / 26.04.2024
Astronavt koinotdagi eng go‘zal va sirli joylardan birini ko‘rsatdi

Astronavt koinotdagi eng go‘zal va sirli joylardan birini ko‘rsatdi

Nashrda kosmonavt o‘z izdoshlaridan videoda olingan joyni tanishlarini so‘ragan.
17:11 / 26.04.2024
O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

Bu 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra.
12:40 / 25.04.2024
iPhone Janubiy Koreyada taqiqqa uchramoqda

iPhone Janubiy Koreyada taqiqqa uchramoqda

Mazkur chora joriy yilning 1-iyunidan kuchga kirishi mumkin.
15:53 / 26.04.2024
15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

Bunda ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga oshmoqda.
20:20 / 25.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!