Yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va viloyatning turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan “Yutong” rusumli 10 ta yangi avtobus olib kelingan. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati ma’lumot berdi.
Mazkur avtobuslardan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida 701-sonli Buxoro – Toshkent – Buxoro yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish uchun biriktiriladi.
Natijada "Buxoro-Toshkent-Buxoro" yo‘nalishida kuniga qo‘shimcha 550 ta yo‘lovchi tashish imkoniyati yaratiladi.
“Kelgusida korxona faoliyati yanada kengaytirilib, davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, yangi turistik yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!