$
11795.00 UZS
-18.09
135.80 UZS
0.19
13698.71 UZS
21.51
31° Kechasi 18°

Buxoroda Qon quyish markazi xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

10:31 / 09.01.2024

Ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoro viloyati Qon quyish markazi mas’ul xodimlari tomonidan donor qonlarning laboratoriya tekshiruv natijalari o‘rganilmay turib, bemorlarga quyilgani aniqlangan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ishonch raqamiga kelib tushgan murojaat yuzasidan Buxoro viloyat Qon quyish markazida yuqumli kasalliklarning tarqalishiga shart-sharoit yaratib berayotgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbir olib borilgan.

Unga ko‘ra, markazning mas’ul shaxslari ko‘rsatmasi asosida donor qonlarga nisbatan o‘tkazilgan laborator tekshiruv natijalari o‘rganilmasdan bemorlarga quyilayotgani aniqlangan.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirining 16.12.2013-yildagi 423-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda donorlarning qoni laborator tekshiruvdan keyin o‘tkazilishi belgilangan. Unga ko‘ra, donorning qonida OIV/OITS, “V” va “S” gepatitlari yoki boshqa gemotransmissiv insfeksiyalar elementlari aniqlanganda, qon yo‘q qilinishi va donorlikdan chetlashtirilishi lozim.

Biroq soha mutaxassislaridan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda markazda “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi Qonun talablari qo‘pol ravishda buzilgani aniqlangan.

Holatga ko‘ra, donor N.J.ning qoni o‘tkazilgan laborator tahlil natijalari kutilmasdan bemor B.H.ga quyilgan. Tezkor tadbir davomida esa, qon quyish markazida o‘tkazilgan birlamchi laborator tekshiruvda donor N.J.da zahm (sifilis) kasalligi borligi aniqlangan va bu sudga oid biologiya ekspertizasining xulosasi bilan ham tasdiqlangan bo‘lgan. Afsuski, N.J.ning donorlik qoni muassasada yuritilgan “Qon komponentlari va preparatlarining berilishini hisobga olish” jurnalida qayd qilinmagani aniqlangan.

“Bundan tashqari, tekshirish davomida plazmoferez va trombomassa uchun qon topshirgan 306 nafar donorlar o‘rganilganda, 186 nafariga qonning shaklli elementlari (trombasit, leykotsit, bazofil) o‘zlariga qaytib quyilish lozim bo‘lsa-da, bu qonlar quyilmagan va xususiy klinikalarga sotib yuborilgani aniqlangan”, – deydi mas’ul xodim.

Ayni paytda Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan viloyat Qon quyish markazi xodimlari va boshqa shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 1-qismi (Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda viloyat IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Bu ham qiziq

Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi

Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi

3-sentabr kuni Akfa Aluminium Group kompaniyasiga investitsiya kiritgan Way II hamkorlariga 2026-yilning birinchi yarim yill…
14:50 / 04.09.2026
Isroillik vazir G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Isroillik vazir G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir kelgusi yetti yil ichida G‘azo sektoridagi 2 milliondan ortiq falastinlikni …
14:24 / 04.09.2026
Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar mukofotlandi

Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar mukofotlandi

Misr poytaxti Qohira shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro anjumanning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari i…
10:12 / 03.09.2026
Shayxa Al-Mayassa ishtirokida Qatorda «O‘zbekiston: harakatdagi meros» ko‘rgazmasi ochildi.

Shayxa Al-Mayassa ishtirokida Qatorda «O‘zbekiston: harakatdagi meros» ko‘rgazmasi ochildi.

Kuni kecha Saida Mirziyoyeva Qatar Islom san’ati muzeyida tashkil etilgan “O‘zbekiston: harakatdagi meros” ko‘rgazmasining o…
11:38 / 03.09.2026
Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasida boqilayotgani aytilgan “akula” aslida akula emas, Siam somi ekani ma’lum bo‘ldi.
10:21 / 05.09.2026
4-sentyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

4-sentyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent viloyati, Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutiladi.
17:26 / 03.09.2026
YIHS Rossiyaga qarshi qariyb 900 ta ishni yopdi.

YIHS Rossiyaga qarshi qariyb 900 ta ishni yopdi.

Yevropa inson huquqlari sudi (YEIHS) resurslar yetishmasligi sabab Rossiyaga qarshi berilgan 879 ta individual shikoyatni ko…
16:53 / 04.09.2026
Toshkentda Tashkent International Half Marathon – 2026 o‘tkaziladi

Toshkentda Tashkent International Half Marathon – 2026 o‘tkaziladi

6-sentabr kuni Toshkent shahrida Tashkent International Half Marathon – 2026 xalqaro yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Isht…
15:11 / 02.09.2026
Putin Zelenskiyning bayonotini “davlat terrorizmiga teng” deb baholadi

Putin Zelenskiyning bayonotini “davlat terrorizmiga teng” deb baholadi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiya havo hududining tobora xavfli bo‘lib bor…
15:05 / 02.09.2026
Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharo…
17:56 / 04.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!