$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

“Chelsi” klubi sotuvidan tushgan mablag‘ ukrainaliklar uchun yo‘naltiriladi

09:58 / 01.02.2023

Britaniyaning “The Telegraph” nashri manbalari Buyuk Britaniya rasmiylari rossiyalik tadbirkor Roman Abramovichning “Chelsi” futbol klubini sotishdan olgan 2,3 milliard funt sterlingni (taxminan 2,8 milliard dollar) Ukrainaga o‘tkazishga yaqin ekanini xabar qildi.

Qayd etilishicha, mablag‘lar jabrlangan ukrainaliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi tashkil etilgan jamg‘armaga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Bu zamonaviy tarixdagi mojaro qurbonlariga qilingan eng katta xayriyalardan biri bo‘ladi.

Nashr suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, transfer yaqin haftalarda amalga oshirilishi mumkin: Xayriya komissiyasi allaqachon jamg‘armaning tashkil etilishini amalda ma’qullagan.

“Shubhasiz, ular ham Yevropa Ittifoqidan yashil chiroq yoqishlari kerak, chunki Abramovich ham sanksiyalar ostida”, – deyiladi maqolada.

Yangi tashkilot rahbari sifatida Buyuk Britaniyadagi UNICEF’ning sobiq ijrochi direktori Mayk Penrouz tayinlanishi rejalashtirilgan. Uning nomzodini Britaniya hukumati ham, Abramovichning o‘zi ham kelishib olgan. Jamg‘arma boshqaruviga gumanitar va biznes sohalarining taniqli arboblari ham kiritilgan.

Avvalroq yaratilayotgan jamg‘arma jabrlangan rossiyaliklarga ham, jabrlangan ukrainaliklarga ham, DXR va LXR rezidentlariga ham yordam berishi haqida xabar berilgan edi. Uni yaratish g‘oyasi milliarderning o‘ziga tegishli bo‘lib, u buni birinchi marta “Chelsi”ni sotuvga qo‘yganida ma’lum qilgan.

“Chelsi”ni sotish

Abramovich futbol klubini 2003-yilda 140 million funt sterlingga sotib olgan. O‘shandan beri “Chelsi” besh marta Angliya Premyer-ligasi (APL) g‘olibi bo‘ldi, ikki marta Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi, besh marta Angliya kubogi va uch marta Angliya liga kubogini qo‘lga kiritgan.

Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi boshlanganidan bir hafta o‘tib Abramovich klubni sotishdan tushgan barcha mablag‘ni qurbonlarning yaqinlari va jangovar harakatlar natijasida jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun maxsus fondga o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi. 30 may kuni “Chelsi” mulkdorning rasmiy o‘zgarishini tasdiqladi: aktiv Todd Bouli boshchiligidagi konsorsium va “Clearlake Capital” investisiya kompaniyasi tomonidan sotib olindi.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning harakatlariga javoban aktivlarini muzlatib qo‘ydi va 1000 dan ortiq Rossiya fuqarolari, jumladan, 30 dan ortiq yirik tadbirkorlarning uyushma hududiga kirishini taqiqladi. Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, shu kungacha Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida deyarli 10 milliard yevro muzlatib qo‘yilgan. Abramovich ham sanksiyalar ro‘yxatida. Keyinroq Angliya premyer-ligasi rahbariyati tadbirkorni futbol klubi rahbari lavozimidan chetlatdi.


Bu ham qiziq

Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş sanoatida xomaşyodan töliq foydalaniş va işlab çiqariş çiqindilarini qayta işlaş böyiça yangi tal…
15:38 / 20.11.2026
Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
14:43 / 19.11.2026
Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari yuzasidan inv…
15:04 / 20.11.2026
Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

2024–2026-yillarda Özbekistonda ötkazilgan oltita kasbiy sertifikatlaş sinovida jami 47 936 nafar pedagog iştirok etdi. Ular…
11:33 / 20.11.2026
Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Özbekistonda birlamçi tibbiy yordam sifatini yaxşilaş maqsadida 100 million dollar imtiyozli kredit ajratişni ma…
10:19 / 19.11.2026
Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
15:47 / 19.11.2026
Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda 2030-yilga qadar oltin qazib oliş hajmini 175 tonnaga, kumuş işlab çiqarişni 500 tonnaga, mis işlab çiqariş quv…
14:06 / 19.11.2026
Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston Turkiya kompaniyalarini qişloq xöjaligi, infratuzilma va quriliş sohalaridagi qöşma loyihalarga jalb etmoqçi. Bu …
14:19 / 19.11.2026
Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metropolitenida yölovçilar oqimi oşgani sababli vagon parkini kengaytiriş rejalaştirilmoqda. 2026-yil sentabr–oktabr…
11:50 / 20.11.2026
O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda keramik plita, bazalt qoplama, qurilish oynasi va gazoblok kabi 161 turdagi mahsulotni ishlab chiqarish quvvat…
15:23 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!