$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Chet eldadagi fuqarolarga yordam berish uchun qancha mablag‘ ajratilgan?

11:15 / 09.10.2022

O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi tomonidan Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil uchun byudjet xarajatlari va rivojlantirish dasturlarining maqsadli indikatorlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitildi. Bu haqda, “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Parlament quyi palatasi ma’lumotiga ko‘ra, kun tartibidagi masala yuzasidan tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Erkin Hamroyev axborot bergan.

Ta’kidlanganidek, 2022-yilda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 532,2 milliard so‘m mablag‘ rejalashtirilib, ular O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi vakolatxonalarini saqlash xarajatlari hamda chet elda mablag‘siz qolgan fuqarolarni vaqtinchalik mablag‘ bilan ta’minlashga qaratilgan.

Joriy yilning birinchi yarmidagi xarajatlar asosiy vositalar sotib olish bilan yirik ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish vaqtinchalik cheklanganligi sababli 244,1 milliard so‘mni tashkil qilib, yillik ajratilgan mablag‘larga nisbatan 46 foizga bajarilgan.

Hisobot davrida Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti hamda O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari tomonidan 114 ming 367 ta konsullik xizmatlari ko‘rsatildi.

Shuningdek, eksport hajmining barqaror o‘sishini ta’minlash va diversifikasiya qilish, milliy mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirish uchun standartlashtirish va sertifikatlash kabi yo‘nalishlarda vazirlikning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari viloyatlar va tarmoq korxonalari bilan birgalikda aniq manzilli ishlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, elchixonalar bilan birga yangi eksport hajmlari va yo‘nalishlari bo‘yicha har bir diplomatik vakolatxonaning aniq natijaga yo‘naltirilgan 2022-yil uchun chora-tadbirlar rejalari tayyorlandi va ijrosi ta’minlanmoqda. Natijada O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari ko‘magida 2022-yilning birinchi yarmida 692 million dollarga teng jami 629 ta eksport shartnomasi ishlab chiqildi.

Yig‘ilishda deputatlar vazirlikka maqsadli indikatorlar ijrosiga e’tiborni yana kuchaytirish, belgilangan vazifalarni bajarish doirasida aniq va qat’iy choralar ko‘rish bo‘yicha qator takliflar berdi.


Bu ham qiziq

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!