$
11990.09 UZS
26.86
157.95 UZS
2.6
13974.45 UZS
3.79
31° Kechasi 18°

TASS rahbari o‘rinbosari Gusman ishdan olindi

10:11 / 26.07.2025

Huquqiy axborot rasmiy portalida e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin TASS axborot agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Mixail Gusmanni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmoyishni imzolagan.

Kadrlar bo‘yicha qaror sabablari hujjat matnida ko‘rsatilmagan.

Ma’lum qilinishicha, TASS bosh direktori Andrey Kondrashov Gusmanga “agentlikdagi 30 yillik fidokorona mehnati” uchun minnatdorlik bildirib, unga yangi loyihalar va iqtidorli jamoalar tilagan.

Gusmanning iste’fosi uning Ozarbayjondagi Shusha Global Media Forumidagi ishtiroki atrofidagi shov-shuv bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. U Shushada prezident Ilhom Aliyevga savol bilan murojaat qilib, Ozarbayjonning tashqi siyosatini “mutlaqo noyob” deb ta’riflab, uning asosiy tamoyillarini tushuntirib berishni so‘ragan.

“Sizdan buni qanday uddalayotganingizni so‘rash mohir skripkachidan skripkani qanday chalishini so‘rash bilan barobar ekanligini tushunaman. U shunchaki: “G‘ijjakni, kamonni olib chalaman”, deydi. Ammo sizning siyosatingiz, menimcha, juda aniq va puxta o‘ylangan siyosiy tamoyillarga asoslangan bo‘lib, bu sizga ushbu ko‘p qirrali siyosatni yuritishga imkon beradi. Shu bois, menimcha, muvaffaqiyatli tashqi siyosat olib borishga yordam beradigan prezident Aliyevning 5-7 ta asosiy siyosiy tamoyillarini aytib bera olasizmi?”, deya so‘ragan Gusman.

Forumdan so‘ng bir qator rossiyalik blogerlar Gusmanni qattiq tanqid qilishgan. Telegram kanallari mualliflari uni “ozarbayjon qamoqxonalarida rus jurnalistlari o‘tirgan” bir paytda Bokuga xushomad qilishda ayblashgan.

Moskva va Boku o‘rtasidagi munosabatlardagi inqiroz 2024-yil 25-dekabr kuni Qozog‘istonning Aqtau shahrida AZAL samolyoti halokatga uchraganidan so‘ng keskinlashdi. Samolyot Bokudan Grozniyga yo‘l olgan edi. Iyul oyi o‘rtalarida Ozarbayjon Rossiyaga qarshi xalqaro sudga da’vo arizasi topshirmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi.

O‘zaro hibsga olishlardan so‘ng vaziyat yanada keskinlashdi. Iyun oyi oxirida Yekaterinburgda 2001-2011-yillardagi jinoyatlar bo‘yicha ishlar doirasida 50 ga yaqin Ozarbayjon fuqarosi qo‘lga olindi. Ikki nafar asosiy gumonlanuvchi — aka-uka Huseyn va Ziyaddin Safarovlar tergov harakatlari davomida vafot etdi.

Bunga javoban Ozarbayjonda o‘ndan ortiq rossiyalik hibsga olindi. Shuningdek, “Sputnik Ozarbayjon” tahririyatida tintuv o‘tkazilib, ikki xodim qamoqqa olingan edi.



														
														Tramp nega Zelenskiydan norozi?

Tramp nega Zelenskiydan norozi?

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy hali Amerika tomonidan ishlab chiqilgan tinchlik rejasi b…
12:54 / 08.12.2025

														
														BMT Xavfsizlik kengashi Ukraina bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi

BMT Xavfsizlik kengashi Ukraina bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi

Bu haqda dekabr oyida BMTga raislik qilayotgan Sloveniyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi matbuot xizmati jurnalistlarga ma’…
12:10 / 08.12.2025

														
														Jangarilar Sudanning Al-Fashir shahrida 60 ming odamni o‘ldirdi

Jangarilar Sudanning Al-Fashir shahrida 60 ming odamni o‘ldirdi

Tinch aholiga uyushtirilgan bu kabi yirik qatllar bor-yo‘g‘i 3 hafta ichida yuz bergan.
14:48 / 07.12.2025

														
														Ronaldu telefon orqali suhbatda Trampga minnatdorchilik bildirdi

Ronaldu telefon orqali suhbatda Trampga minnatdorchilik bildirdi

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu AQSh prezidenti Donald Trampga qo‘ng‘iroq qilib, Oq uyga safari va mehmondorchil…
14:23 / 07.12.2025

														
														Hindistondagi tungi klubda yong‘in chiqib, 23 kishi halok bo‘ldi

Hindistondagi tungi klubda yong‘in chiqib, 23 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Goa shtatidagi tungi klubda yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 23 kishi halok bo‘ldi.
12:46 / 07.12.2025

														
														Kanada Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchilar ro‘yxatidan olib tashladi

Kanada Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchilar ro‘yxatidan olib tashladi

Bu haqda “Middle East Monitor” xabar berdi.
17:29 / 06.12.2025

														
														Xitoy G‘azoga 100 mln dollar gumanitar yordam beradi

Xitoy G‘azoga 100 mln dollar gumanitar yordam beradi

Pekin G‘azodagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarda faol ishtirok eta boshladi.
11:52 / 06.12.2025

														
														Rossiya Hindistonga uzluksiz energiya yetkazib beradi

Rossiya Hindistonga uzluksiz energiya yetkazib beradi

Vladimir Putin 5-dekabr kuni Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokaralar yakunida Rossiya Hindistonga ishonchli en…
17:31 / 05.12.2025

														
														Isroilning G‘azoga uyushtirgan hujumlarida 7 kishi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga uyushtirgan hujumlarida 7 kishi halok bo‘ldi

Isroil harbiylari 3-dekabr kuni G‘azoga hujum uyushtirdi, oqibatida yetti nafar falastinlik, jumladan, ikki nafar bola halok…
11:02 / 04.12.2025

														
														Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
08:33 / 04.12.2025

Bu ham qiziq

Ronaldu telefon orqali suhbatda Trampga minnatdorchilik bildirdi

Ronaldu telefon orqali suhbatda Trampga minnatdorchilik bildirdi

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu AQSh prezidenti Donald Trampga qo‘ng‘iroq qilib, Oq uyga safari va mehmondorchil…
14:23 / 07.12.2025
Kanada Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchilar ro‘yxatidan olib tashladi

Kanada Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchilar ro‘yxatidan olib tashladi

Bu haqda “Middle East Monitor” xabar berdi.
17:29 / 06.12.2025
Konstitutsiya ilk bor bolalar uchun sodda tilga o‘girildi

Konstitutsiya ilk bor bolalar uchun sodda tilga o‘girildi

Adliya vazirligi tomonidan “Konstitutsiyaga sayohat” interaktiv kitobi hamda huquqiy multfilmlar taqdimoti o‘tkazildi.
14:30 / 06.12.2025
Jangarilar Sudanning Al-Fashir shahrida 60 ming odamni o‘ldirdi

Jangarilar Sudanning Al-Fashir shahrida 60 ming odamni o‘ldirdi

Tinch aholiga uyushtirilgan bu kabi yirik qatllar bor-yo‘g‘i 3 hafta ichida yuz bergan.
14:48 / 07.12.2025
Toshkentda  narkokuryer talabalar qo‘lga olindi

Toshkentda narkokuryer talabalar qo‘lga olindi

Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 2 nafar talaba xolislar ishtirokida tekshirilganda, yonidan 120 gr Al…
09:07 / 08.12.2025
Ertaga O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

Ertaga O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

9-dekabr kuni mamlakatning deyarli barcha hududlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli yuqori ekani ma’lum qilindi. “O‘zgidromet”ni…
13:02 / 08.12.2025
Toshkent viloyati prokuraturasi uchun 4,5 mlrd so‘mga avtoturargoh quriladi

Toshkent viloyati prokuraturasi uchun 4,5 mlrd so‘mga avtoturargoh quriladi

Bu bo‘yicha Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 6-dekabrdagi farmoyishi “e-qaror” portaliga joylashtirilgan.
16:44 / 07.12.2025
Qozog‘istonga 5,6 mln rublni “tashmachi” orqali olib o‘tishga uringan shaxs ushlandi

Qozog‘istonga 5,6 mln rublni “tashmachi” orqali olib o‘tishga uringan shaxs ushlandi

Toshkent tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda guruh yetakchisi – 1995-yilda tug‘ilgan shaxs jami 5 mln 622 ming Rossi…
16:27 / 06.12.2025
Boks. Javohir Ummataliyev qirg‘izistonlik raqibiga imkon qoldirmadi

Boks. Javohir Ummataliyev qirg‘izistonlik raqibiga imkon qoldirmadi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘t…
20:14 / 08.12.2025
Tramp nega Zelenskiydan norozi?

Tramp nega Zelenskiydan norozi?

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy hali Amerika tomonidan ishlab chiqilgan tinchlik rejasi b…
12:54 / 08.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!