$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Davlat xizmatchilari uchun odob-axloq qoidalari ishlab chiqildi

16:18 / 15.12.2021

QHTBT portalida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksi loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan. Kodeks 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Xabarda berilishicha, kodeks 6 bob va 53 moddadan iborat, u tegishli davlat organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat xizmatchilarining kasbiy faoliyatini amalga oshirish uchun odob-axloq kodekslarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Quyidagilar davlat xizmatchilarining kasbiy faoliyatini amalga oshirishdagi asosiy prinsiplar etib belgilandi:
- qonuniylik;
- adolatlilik;
- fuqarolarning huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlari ustuvorligi;
- vatanparvarlik va xizmat burchiga fidoyilik;
- davlat va jamiyat manfaatlariga sadoqat;
- halollik va xolislik;
- ochiqlik va korrupsiyaga toqatsizlik;
- professionallik va layoqatlilik;
- samaradorlik va tejamkorlik.

Shuningdek fuqarolarning davlat xizmatchisi tomonidan Kodeks talablariga rioya etilmaganligi, shuningdek korrupsion harakatlar sodir etilganligi haqidagi xabar va shikoyatlarini ko‘rib chiqish tartibi belgilangan.

Davlat xizmatchisi faoliyatidagi asosiy cheklovlar jumlasiga quyidagilar ham kiritildi:
- tadbirkorlik va haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish;
- o‘z xizmat mavqeini suiiste’mol qilgan holda fuqarolar, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazish orqali shaxsiy foydani olish;
- o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati biror-bir moddiy boyliklarni olish yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslardan boshqacha naf ko‘rish.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar sohasida Turkiya bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda…
14:46 / 19.11.2026
Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaş yiğilişida mamlak…
14:56 / 19.11.2026
Tramp: Eron bilan mojaroni tugatiş uçun Rossiya yoki Xitoy yordamiga muhtoj emasmiz

Tramp: Eron bilan mojaroni tugatiş uçun Rossiya yoki Xitoy yordamiga muhtoj emasmiz

AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan mojaroni hal qiliş va uruşni yakunlaş uçun Rossiya yoki Xitoydan yordam söraş niyatid…
16:58 / 19.11.2026
Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

2024–2026-yillarda Özbekistonda ötkazilgan oltita kasbiy sertifikatlaş sinovida jami 47 936 nafar pedagog iştirok etdi. Ular…
11:33 / 20.11.2026
Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

19-noyabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan Erasmus+ eks…
17:52 / 19.11.2026
Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda korxona tugatilişi yoki ştatlar qisqarişi sababli işdan böşatilgan fuqarolar uçun muddatidan oldin pensiyaga çi…
09:43 / 20.11.2026
Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Özbekistonda birlamçi tibbiy yordam sifatini yaxşilaş maqsadida 100 million dollar imtiyozli kredit ajratişni ma…
10:19 / 19.11.2026
Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
14:43 / 19.11.2026
AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

1996-yilda olmos sotuvçisini öldirganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilingan Reynaldo Dennesning qatl etilişi bir soatda…
14:46 / 20.11.2026
Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda tibbiy mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş doirasida turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida san…
14:39 / 19.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!