$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Davlat xizmatiga ishga qabul qilishda qarindosh-urugʻchilikka yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi – Loyiha

16:31 / 16.11.2021

Davlat xizmatiga ishga qabul qilish va unda faoliyat olib borishda qarindosh-urugʻchilik (nepotizm)ning oldini olish va unga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

Loyihada oʻzaro yaqin qarindosh (toʻgʻri shajara) va quda-andalar, yon qarindosh (yon shajara) hamda qarindoshlik rishtasiga ega boʻlgan boshqa shaxslarning bir davlat tashkiloti va uning tuzilmalarida birga xizmat qilishlarining taqiqlanishi (Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi) va bunday holatlar uchun javobgarlik (Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi) belgilash taklif etilmoqda. 

Xususan, oʻzaro yaqin qarindosh (toʻgʻri shajara), qarindosh (yon shajara) yoki boshqa qarindoshlik munosabatlariga ega boʻlgan, shuningdek quda-anda boʻlgan shaxslarning (katta bobo-buvilar, bobo-buvilar, ota-onalar, oʻgʻil va qizlar, aka-uka, opa-singil, ularning bolalari, ota-onaning aka-uka va opa-singillari hamda ularning bolalari, bobo va buvilarning aka-uka hamda opa-singillari va ularning bolalari hamda shunga oʻxshashlar, shuningdek, er-xotinlarning katta bobo-buvilari, bobo-buvilari, ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), bir davlat tashkiloti va uning tarkibidagi tuzilmalarda biri ikkinchisiga bevosita boʻysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qilayotganligi haqida ish beruvchiga maʼlum qilmaslik:

BHMning oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi;

oʻzaro yaqin qarindosh (toʻgʻri shajara), qarindosh (yon shajara) yoki boshqa qarindoshlik munosabatlariga ega boʻlgan, shuningdek quda-anda boʻlgan shaxslarning bir davlat tashkiloti va uning tarkibidagi tuzilmalarda biri ikkinchisiga bevosita boʻysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qilayotganligi ish beruvchiga maʼlum boʻlgan vaqtdan boshlab, ushbu xodimlar ishlab kelgan ish (lavozim)ga teng boshqa ish (lavozim)ga oʻtkazish choralarini koʻrmaslik:

BHMning yigirma besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilanmoqda.

Keltirilishicha, jamoatchilik muhokamasi 2021-yil 30-noyabrga qadar davom etadi.


Bu ham qiziq

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!