$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Davron Hidoyatovning hokim sifatidagi so‘nggi qarori hokimlik avtomobilini boshqa tashkilotga "sovg‘a" qilish bo‘lgan

15:35 / 18.11.2021

Bugun, 18-noyabr kuni Prezidentning tegishli farmonlari bilan bir qator tayinlovlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tishi aytilayotgan viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shu kunga qadar Toshkent viloyati hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Davron Hidoyatovning ishdan olinishi kutilmoqda.

Shu ma’noda Davron Hidoyatovning bugun, 18-noyabr sanasi bilan imzolagan qarori e’tiborga molik. Viloyat hokimi hokimlikdagi so‘nggi kunida “Avtotransport vositasini balansdan-balansga o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan.

Unga ko‘ra, Toshkent viloyati hokimligi balansidagi 2015-yilda ishlab chiqarilgan “Chevrolet Captiva” rusumli, davlat raqami belgisi 10 004 TVH bo‘lgan avtomashinani davlat raqami bilan Toshkent viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi balansiga tegishli tartibda o‘tkaziladi.

Qarorda aytilishicha, bu haqdagi 01/04-4801-sonli so‘rov xati Toshkent viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasidan 2021-yil 4-noyabrda viloyat hokimligiga kelib tushgan.

Ma’lumot uchun, ayrim OAVlarda Davron Hidoyatovning hozirda bo‘sh turgan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga kelishi aytildi.

Ekoqo‘mitaning sobiq raisi Alisher Maqsudov esa shu yilning 24-avgust kuni ishdan olingan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq lavozimidan olingan Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunovning hokim sifatidagi so‘nggi farmoyishi ham jamoatchilik e’tiboriga tushgan va unda viloyatdagi qator tashkilotlarga jami 22 mlrd 491 mln so‘m mablag‘ ajratib berilgan edi.


Bu ham qiziq

Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
14:43 / 19.11.2026
Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metropolitenida yölovçilar oqimi oşgani sababli vagon parkini kengaytiriş rejalaştirilmoqda. 2026-yil sentabr–oktabr…
11:50 / 20.11.2026
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – Turkiya biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengash yig‘ilishi…
13:59 / 19.11.2026
Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda tibbiy mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş doirasida turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida san…
14:39 / 19.11.2026
O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda keramik plita, bazalt qoplama, qurilish oynasi va gazoblok kabi 161 turdagi mahsulotni ishlab chiqarish quvvat…
15:23 / 20.11.2026
Kosovo sobiq prezidenti Hoşim Taçiga yana qamoq jazosi tayinlandi

Kosovo sobiq prezidenti Hoşim Taçiga yana qamoq jazosi tayinlandi

Kosovoning sobiq prezidenti Hoşim Taçi guvohlarga bosim ötkaziş va sud jarayoniga tösqinlik qilişda aybdor deb topilib, 1 yi…
10:14 / 19.11.2026
Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
15:47 / 19.11.2026
Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

19-noyabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan Erasmus+ eks…
17:52 / 19.11.2026
Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

2024–2026-yillarda Özbekistonda ötkazilgan oltita kasbiy sertifikatlaş sinovida jami 47 936 nafar pedagog iştirok etdi. Ular…
11:33 / 20.11.2026
Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 2026-yilning yanvar-oktabr oylarida korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilin…
09:49 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!