$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“Denov savdo majmuasidagi chaqnashda portlovchi moddalar qo‘llanilmagan”

20:58 / 08.01.2022

AOKAda 8-yanvar, shanba kuni FVV Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi boshlig‘i O‘lmas Muzaffarov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi “Indenim” savdo majmuasida bo‘lgan portlash yuzasidan hukumat komissisining xulosasi e’lon qilindi. 

Olib borilgan tadqiqot va tahlillar natijalariga ko‘ra, fojianing yuz berishiga sabab bo‘lgan omillar yuzasidan hukumat komissiyasining xulosasi taqdim etilgan. Xususan, savdo majmuasida sodir bo‘lgan chaqnash portlovchi moddalar qo‘llanilganligi natijasida sodir bo‘lmaganligini ma’lum bo‘lgan.

“Mazkur obyektda portlovchi moddalar qo‘llanilganligi o‘rganilganda, portlovchi moddalar izlari mavjud emasligi hamda portlashga xos bo‘lgan o‘zgarishlar, ya’ni, ‘voronka’ va portlatish qurilmasining bo‘laklari aniqlanmagan”, – degan O‘lmas Muzaffarov.

Xulosada aytilishicha, majmuada sodir bo‘lgan chaqnash majmua ostidan o‘tgan va foydalanishda bo‘lmagan gaz quvuridagi yoriqlardan tabiiy gazning sizib chiqishi natijasida portlash xavfi bo‘lgan gaz-havo aralashmasining hosil bo‘lishi va unga binodagi elektr jihozlarining avtomatlashtirilgan tartibda o‘chib-yonishida kuzatiladigan uchqunning ta’siri natijasida ro‘y bergan.

Ma’lum qilinishicha, “Indenim” savdo majmuasi binosining ostidan o‘tgan va foydalanishda bo‘lmagan gaz quvurining korroziya oqibatida hosil bo‘lgan yoriqlardan (6 joyidan 3-13 sm kattalikda) sizib chiqqan tabiiy gaz binoning ichki kismida gaz-havo aralashmasi yig‘ilishi natijasida chaqnash sodir bo‘lgani qayd etilgan.

FVV vakilining so‘zlariga ko‘ra, fojia oqibatida 2 nafar kishi qurbon bo‘lib, 9 nafari turli darajadagi tan jarohati olgan. Shuningdek, 140 ta turar joylarga, ya’ni 76 ta xovli uyi va 5 ta ko‘p qavatli uyning 64 ta xonadoni, 86 ta noturar joy, umumiy hisobda 226 ta imoratga ziyon yetgan. Talafot ko‘rgan 25 ta bino, jumladan, 13 ta turar joy va 12 ta noturar joy binoci yaroqsiz holatga kelgan.


Bu ham qiziq

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!