$
11973.44 UZS
9.17
₽
144.53 UZS
0.04
€
13282.14 UZS
-41.27
31° Kechasi 18°

Din ishlari boʻyicha qoʻmita aholini Haj safariga oid aldovlardan ogohlantirdi

13:13 / 01.05.2023

Din ishlari boʻyicha qoʻmita shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda koʻpayib borayotgan haj ibodatini tashkil etish toʻgʻrisidagi reklama va eʼlonlardan kelib chiqib, Haj safarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida rasmiy xabarnoma berdi.

Qayd etilishicha, mazkur xabarlarda haj safariga joʻnatishga oid yangiliklar, toʻlovlarni qabul qilish shakli va koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisida asossiz maʼlumotlar taqdim etilmoqda.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonda “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyundagi 364-sonli “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida amalga oshiriladi.

Mazkur hujjat asosida tuzilgan “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Jamoatchilik Kengashi aʼzolari qatorida ushbu muqaddas ibodatlarni uyushtirish bevosita Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi zimmasiga yuklangan.

Ushbu tashkilotlarga Haj va Umra mavsumida ziyoratchilarning sogʻ-salomat va ibodatlarini toʻla-toʻkis bajarib kelishini taʼminlash maqsadida, Saudiya Arabistonidagi tegishli vazirliklar bilan ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar, mehmonxonalar, transport va oziq-ovqat korxonalari bilan shartnomalar tuzish vakolati berilgan.

Shu bois, Haj va Umra mavsumlarida ziyoratchilarni kuzatish va kutib olish ishlarini tashkil etish, shu jumladan, ularning Saudiya Arabistoniga borishi, u yerda boʻlishi va u yerdan qaytib kelishlari Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi.

Keltirilishicha, Saudiya Arabistoni qonunchiligiga koʻra ham, haj safari dunyo davlatlarining vakolatli tashkilotlari bilan mazkur mamlakatning Haj va umra vazirligi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Mazkur kelishuvlar asosida tashkil etilmagan haj ziyoratiga urinish ushbu ulugʻ amalning eng muhim ruknlari boʻlmish – Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylarida ibodat qilish imkoniyatini bermaydi.

Maʼlum qilinishicha, Saudiya Arabistoni hududida haj tartiblarini buzish esa ushbu mamlakat qonunchiligi asosida chora koʻrilishiga olib keladi. Shu bois, haj tadbirini tashkil etish vazifasi sayyohlik firmasi yoki turagentliklar vakolatiga kirmaydi.

Ular tomonidan haj ibodatini tashkil etishga urinish esa amaldagi qonun hujjatlariga ziddir.

Shuningdek, qoʻmita muborak safarlarga noqonuniy yoʻllar bilan borishga intilish Saudiya Arabistonidan deport qilish va Saudiya Arabistoniga har qanday viza bilan 10 yil muddatga kirishni taqiqlash hamda 100 ming saudiya riyoli (26 ming AQSh dollari) miqdorida jarima solishga olib kelishi haqida ogohlantirgan.


Bu ham qiziq

Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

11-noyabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida uç qavatli turar joy binosi qulab tuşişi oqibatida kamida ikki kişi halok böldi, 17 …
10:14 / 12.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 3 391 ta yöl-transport hodisasi (YTH) qayd etildi. Bu bir kunda örtaça 12 …
15:24 / 10.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Holat yuzasidan ji…
15:14 / 10.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Özbekistonda yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilangan jarima 60 kun içida tölanmasa, haydovçining transport vosit…
10:01 / 10.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovning 5-noyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnoma 2027-yil 7-yanvardan kuçga kiradi.
10:11 / 11.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!