$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Dushanbeda "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" shaklidagi 17-vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

15:30 / 22.11.2021

Bugun, 22-noyabr kuni Dushanbe shahrida "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" shaklidagi 17-vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston TIV Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari hamda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili ishtirok etdi. 

Unda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov ham so‘z olib, o‘z nutqida Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning innovasion modelini shakllantirish, uzoq muddatli istiqbolda yangi o‘sish nuqtalarini aniqlash bo‘yicha qat’iy choralarni amalga oshirish muhimligini ta’kidladi. 

Tariflarni uyg‘unlashtirish, bojxona tartiblarini soddalashtirish, barcha biznes subektlari uchun teng sharoitlar yaratish, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish orqali hududlararo va mintaqalararo savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Afg‘onistonda gumanitar falokatning oldini olish, mamlakatni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga jalb etish, afg‘on tomoni bilan konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tezkor va o‘zaro kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv ishtirokchilariga O‘zbekiston tomonidan yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish, ekologiya va bioxilma-xillikni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ham ma’lumot berildi. O‘zbekiston tomoni Yevropa Ittifoqi bilan ushbu yo‘nalishdagi aloqalarni, jumladan, BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik Trast fondi doirasida hamkorlikni kengaytirishga tayyorligi bildirildi. 

Uchrashuv yakunida Qo‘shma kommyunike qabul qilindi.


Bu ham qiziq

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!