$
12557.56 UZS
-34.15
159.44 UZS
-0.74
14809.13 UZS
-12.57
41° Kechasi 24°

DXX Surxondaryoda aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilgan shaxsni qo‘lga oldi

23:05 / 12.02.2022

O‘zbekiston Respublikasi DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari fuqaro A.A.ga nisbatan to‘plangan tergovga qadar tekshiruv materiallar bilan tanishish asnosida uning qonunga zid harakatlarini aniqladi. 

Qayd etilishicha, boshqarma xodimlari tomonidan amalga oshirgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.A.ning “Redmi 6A” rusumli telefon apparati ko‘zdan kechirildi. “Instagram” ijtimoiy tarmog‘idagi uning “arslanbey9888” profili mavjud bo‘lib, unda fuqaro Rafiq Kamolovning “benomozlik, namoz mo‘min kishining hujjati, namoz o‘qimagan odamning hujjati yo‘qligi...” mavzusidagi videoma’ruzasi va juda ko‘plab diniy mazmundagi materiallarni joylashtirib tarqatgani aniqlandi. 

Tarqatilgan materiallar tekshirib ko‘rish uchun DVD+R diskka ko‘chirib olinib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga yuborilgan.

Qo‘mitaning ekspertlik xulosasida A.A.ning “Instagram” ijtimoiy tarmog‘ida tarqatgan videomateriallar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish taqiqlanishi ma’lum qilindi. 

Ma’lumot uchun, A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-kismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tish mumkin, bir necha kun avval Sodiq Samarqandiy, Abu Saloh, Abdulloh Zufarlarning ma’ruzalarini tinglagan va tarqatgan farg‘onalik fuqaro qo‘lga olingan edi.


Bu ham qiziq

Mirziyoyev Xonkendi shahriga bordi

Mirziyoyev Xonkendi shahriga bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Xonkendi shahrida …
18:07 / 03.07.2025
Chexiyada elektr ta’minotining katta uzilishi ro‘y berdi

Chexiyada elektr ta’minotining katta uzilishi ro‘y berdi

Mamlakatda jamoat transporti deyarli ishlamay qoldi
19:22 / 04.07.2025
Ohangaron shohko‘chasida transportlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Ohangaron shohko‘chasida transportlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Haydovchilarga muqobil yo‘llardan yurish tavsiya qilingan
21:14 / 03.07.2025
Xorazmda sudya pora bilan qo‘lga olindi

Xorazmda sudya pora bilan qo‘lga olindi

15 ming AQSH dollari talab qilgan sudyaning noqonuniy harakatlari fosh etildi
19:21 / 03.07.2025
“Sevimli” telekanali jarimaga tortildi

“Sevimli” telekanali jarimaga tortildi

Telekanal mualliflik huquqini buzganligi aytilmoqda.
12:52 / 03.07.2025
Buxoro viloyatining ilk hokimi vafot etdi

Buxoro viloyatining ilk hokimi vafot etdi

Damir Yadgarov mustaqillikning ilk yillarida viloyatga rahbarlik qilgandi
20:41 / 04.07.2025
O‘zbekiston kubogi chorak finali uchun qur’a tashlandi

O‘zbekiston kubogi chorak finali uchun qur’a tashlandi

Markaziy o‘yin Jizzaxda kechadigan bo‘ldi
20:43 / 03.07.2025
4-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:39 / 03.07.2025
6-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

6-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 25-27 daraja iliq, kunduzi 39-41 daraja issiq bo‘ladi.
18:28 / 05.07.2025
5-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

5-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 41-43 daraja issiq bo‘ladi.
18:06 / 04.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!