Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) 2021-yil yakunlari bo‘yicha gruziyalik Lasha Shavdatuashvilini (-73) “yilning eng yaxshi dzyudochisi” deb e’lon qildi.
Yakunlanib borayotgan yilda Lasha jahon chempionatida oltin, Tokio olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Eng yaxshi bo‘lish uchun kurashda gruziyalik Xifume Abe (Yaponiya), Jorje Fonseku (Portugaliya), Mattias Kasse (Belgiya) va Lukash Krpalekalar (Chexiya) bilan raqobatda yutib chiqdi.
Eng yaxshi erkak dzyudochi: Lasha Shavdatuashvili
Eng yaxshi ayol dzyudochi: Distriya Krasniki
Yil ipponi: Italiyalik Angelo Pantano (-60 kg) Zagreb Gran-prisida gollandiyalik Emiyel Yaring ustidan qozongan g‘alabasi.
Yil voqeligi: JCh finalida +78 kg vazn toifasi g‘alaba qozongan yaponiyalik Sara Asaxina jarohat olgan hamyurtini yelkasiga olib tatamidan olib chiqib ketishi
Porlayotgan yulduz: Iliya Sulamanidze (Gruziya)
Eng yaxshi murabbiy: Driton Kuka (Kosovo)
Dzyudo tinchlik uchun: Tokio-2020 o‘yinlarida +78 kg vazn toifasidagi Taxani Al Qahtoni (Saudiya Arabistoni) / Raz Xershko (Isroil) bellashuvi
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!