$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“El-yurt salomatligi – jamiyatning bebaho boyligidir” – prezident

12:22 / 09.11.2024

“Qadrli tibbiyot xodimlari!

Avvalo, o‘z hayotini inson salomatligini asrashdek oliyjanob ishga bag‘ishlab kelayotgan siz azizlar – fidoyi shifokor va hamshiralarni, soha faxriylarini kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Barchamiz yaxshi tushunamizki, el-yurt salomatligi – jamiyatning bebaho boyligidir. Tinchlik va sog‘liq bo‘lgan joyda albatta o‘sish va o‘zgarish, baxtli va farovon hayot bo‘ladi.

Shu ma’noda, Yangi O‘zbekistonimiz erishayotgan katta yutuqlarda, inson kapitalini rivojlantirishda jonkuyar tibbiyot xodimlarining munosib hissasini e’tirof etib, ularga har qancha rahmatlar aytsak, arziydi.

Aziz do‘stlar!

Keyingi yillarda amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimiz tufayli sog‘liqni saqlash tizimida ham tub o‘zgarishlar yuz bermoqda.

Avvalo, ajratilayotgan budjet mablag‘larining bir necha bor ko‘paytirilgani, xususiy sektor rivojiga keng yo‘l ochilayotgani tufayli sohaning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyati mustahkamlanmoqda, xizmatlar tarmog‘i kengayib, sog‘lom raqobat muhiti shakllanib, sifat va samaradorlik oshmoqda. Diagnostika va davolash amaliyotiga ilg‘or zamonaviy texnologiyalar faol joriy etilmoqda.

Barcha ijtimoiy xizmatlar qatori tibbiyotni ham xalqimizga yanada yaqin qilish uchun malakali davolash va profilaktika tizimini xonadonlargacha olib kirish choralari ko‘rilmoqda.

Shu maqsadda birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari faoliyati yangilanmoqda. Ushbu bo‘g‘inda birinchi navbatda kasalliklarning oldini oladigan, ularni keltirib chiqaradigan sabablarga qarshi kurashadigan mexanizmlarni joriy etish boshlangani ham shundan dalolatdir.

Aholining ehtiyojmand qatlamlariga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni mahallabay, manzilli va aniq maqsad asosida ta’minlash bo‘yicha yangicha tajriba qo‘llanmoqda. Tizimda “Elektron poliklinika”, “Elektron retsept” dasturlari joriy etilmoqda. Buning uchun patronaj xodimlari xalqaro standartlar asosida o‘qitilmoqda.

Tez tibbiy yordam tizimi avtomatlashtirilgan elektron boshqaruvga o‘tkazilib, xorijda ishlab chiqarilgan 1 000 ta maxsus zamonaviy avtomobil bilan ta’minlandi.

Ixtisoslashgan tibbiy xizmat ham aholiga yaqinlashtirilmoqda. Bu yo‘nalishda diagnostika usullari 500 dan, davolash usullari esa 800 dan oshgani e’tiborlidir.

Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida donordan olingan suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantatsiyasi, Kardiologiya markazida murakkab endoskopik jarrohlik amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Milliy tibbiyot markazi shifokorlari tomonidan olis tumanlarda Yevropadan keltirilgan ko‘chma kardiojarrohlik majmuasida murakkab operatsiyalar muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda.

Azim poytaxtimizda tibbiyot sohasidagi noyob mega loyiha sifatida barpo etilgan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya markazining yangi zamonaviy majmuasida so‘nggi namunadagi asbob-uskuna va sharoitlar asosida kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolash hajmi bir necha barobar oshadi. Eng muhimi, yurtdoshlarimiz ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflab, chet eldagi davolash markazlariga borish tashvishidan qutuladi.

Hech shubhasiz, tibbiyot sohasidagi yutuqlarimiz xalqaro miqyosda e’tirof etilayotgani barchamizni quvontiradi. Bolalar milliy tibbiyot markazi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritgani, Xirurgiya markazida xalqaro sifat standartlari joriy etilgani, mamlakatimiz gepatit V ga qarshi kurashishda mintaqaviy maqsadli ko‘rsatkichlarga erishgani tasdiqlangani shular jumlasidandir.

Albatta, barchamizning birgalikdagi mehnatimiz mahsuli bo‘lgan bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin.

Yaqinda davlat tibbiy sug‘urta mexanizmlarini joriy etishga oid qaror imzolandi. Ushbu hujjatga ko‘ra, tizim doirasidagi bepul tibbiy xizmatlar va dori-darmonlar xarajatlari davlat budjetiga to‘lanayotgan soliqlar hisobidan qoplanishi belgilandi.

Aholi salomatligiga e’tiborni kuchaytirish orqali inson qadrini oshirish, uning hayotiy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bunday muhim ishlarni kelgusida ham izchil davom ettiramiz.

Muxtasar aytganda, tibbiyotni yanada xalqchil sohaga aylantirish, odamlarni ushbu tizimdan rozi qilish masalasi doimo e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

Bu boradagi vazifalarni muvaffaqiyatli ado etishda muqaddas qasamyodiga sodiq siz, zahmatkash va olijanob tibbiyot xodimlari o‘zingizni ayamasdan, boy bilim, mahorat va tajribangizni safarbar etasiz, deb ishonaman.

Buyuk Ibn Sino bobomiz an’analarining munosib davomchilari bo‘lgan siz, azizlarni Tibbiyot xodimlari kuni bilan yana bir bor chin dildan qutlab, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, sharafli faoliyatingizda yangi yutuqlar tilayman” – degan Shavkat Mirziyoyev.

 


O‘zbekiston


														
														Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026

														
														Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026

														
														Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026

														
														Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026

														
														Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026

														
														Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026

														
														Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026

														
														Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026

														
														AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026

														
														Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026

Bu ham qiziq

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!