$
11963.23 UZS
50.85
155.35 UZS
1.96
13970.66 UZS
97.5
31° Kechasi 18°

Endi avtomaktab o‘qituvchilari IIV Akademiyasida malaka oshiradi

16:23 / 04.03.2023

Avtomaktab o‘qituvchilari Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida malaka oshiradi. Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan tegishli nizomda nazarda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarini shartnoma asosida qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Malaka oshirish har 3 yilda bir marta olib boriladi. Bunda tinglovchilar asosiy ish joyidan ajralgan holda o‘qitiladi.

O‘quv jarayoni 25 nafardan ortiq bo‘lmagan tinglovchidan iborat guruhlarda tashkil qilinadi. Mazkur kurslarda o‘qish uchun talabgorlar Akademiyaning rasmiy veb-sayti orqali ariza bilan murojaat qiladi.

Ariza kelib tushgan kundan e’tiboran 3 ish kuni ichida o‘rganib chiqilib, kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda Akademiya va talabgor o‘rtasida shartnoma tuziladi.

To‘lov miqdorlari:

haydovchi-yo‘riqchilarni qayta tayyorlash, shuningdek, malakasini oshirish kurslarining har biri uchun – BHMning 4,5 baravari (1 mln 350 ming so‘m);

o‘qituvchilarni qayta tayyorlash kursi uchun – BHMning 4 baravari (1,2 mln so‘m), ularning malakasini oshirish kursi uchun – BHMning 7 baravari (2,1 mln so‘m).

Tinglovchilarga ularning o‘quv jarayonida ishtirokini ta’minlash hamda o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishda tyutor (o‘qituvchi-konsultant) yordamlashadi.

Qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchiga diplom, malaka oshirish kursini tamomlagan tinglovchiga esa sertifikat taqdim etiladi.


Bu ham qiziq

6-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

6-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechqurun biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kech…
17:32 / 05.12.2025
Kia Toshkentda yangilangan K8 va Carnival flagmanlarini taqdim etdi

Kia Toshkentda yangilangan K8 va Carnival flagmanlarini taqdim etdi

Kia Toshkentda yangilangan K8 va Carnival avtomobillarini taqdim etdi — narxlar rasman e’lon qilinib, muhim o‘zgarishlar och…
14:56 / 04.12.2025
Qashqadaryoda MChJ tomonidan 3,5 mlrd so‘mlik “svet” o‘marildi

Qashqadaryoda MChJ tomonidan 3,5 mlrd so‘mlik “svet” o‘marildi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 3 milliard 517 million so‘…
11:35 / 06.12.2025
O‘zbekistonliklar konstitutsiya kuni munosabati bilan necha kun dam oladi?

O‘zbekistonliklar konstitutsiya kuni munosabati bilan necha kun dam oladi?

Bayram munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kuni berilmaydi.
12:14 / 05.12.2025
“Ukrainlar bizning qattiq javobimizni his qiladi” — Ramzan Qodirov

“Ukrainlar bizning qattiq javobimizni his qiladi” — Ramzan Qodirov

Checheniston Prezidenti “Grozniy-Siti” binosiga uyushtirilgan dron hujumi ortidan bayonot berdi.
10:19 / 06.12.2025
O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

Bugun, 6-dekabr kuni O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
08:42 / 06.12.2025
Samarqandda 90 kg.dan ortiq giyohvandlik vositalarini saqlagan shaxslar ushlandi

Samarqandda 90 kg.dan ortiq giyohvandlik vositalarini saqlagan shaxslar ushlandi

IIB va DXX Samarqand viloyat boshqarmasi hamkorligida umumiy bahosi 14 milliard 256 million so‘m bo‘lgan 90 kilogrammdan ort…
15:02 / 04.12.2025
Nega Toshkentda yomg‘irdan keyin ham havo tozalanmadi?

Nega Toshkentda yomg‘irdan keyin ham havo tozalanmadi?

5-dekabr kuni ertalab poytaxtda PM2.5 konsentratsiyasi yana ruxsat etilgan me’yordan yuqori bo‘ldi.
10:43 / 05.12.2025
O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan energetika sohasidagi loyihalarni ilgari surish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan energetika sohasidagi loyihalarni ilgari surish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi energetika vaziri Taalaybek Ibrayevni qabul qild…
17:39 / 05.12.2025
Gulistondagi portlash yuzasidan 3 kishi qamoqqa olindi

Gulistondagi portlash yuzasidan 3 kishi qamoqqa olindi

29 nafar fuqarolar turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo vil…
10:01 / 05.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!