$
11997.83 UZS
18.19
167.31 UZS
-0.21
13967.87 UZS
66.7
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev AQSh Eksport-import banki rahbari va AQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi bosh direktori bilan uchrashdi

09:04 / 07.11.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Vashington shahriga amaliy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida AQSh Eksport-import banki rahbari Jon Yovanovich va AQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori Ben Blekni qabul qildi.

Eksimbank hukumatning rasmiy eksport-kredit agentligi bo‘lib, AQSh kompaniyalarining tashqi iqtisodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi hamda ularga sug‘urta, kafolat va kredit vositalarini taqdim etadi.

Ushbu nufuzli institut bilan tayyorlangan qo‘shma dastur asosida energetika, muhim minerallar, transport, qishloq xo‘jaligi, AT va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi yirik loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Eksimbankning mamlakatimiz aviaparkini modernizatsiya qilish va “Boeing” samolyotlarini yetkazib berishdagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi. Amaliy hamkorlikni davom ettirish va Uzoq muddatli sheriklik rejasini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari huzurida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda AQSh Eksimbanki o‘rtasida imzolangan Qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitim almashildi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni AQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori Ben Blekni qabul qildi.

DFC – AQShning milliy rivojlanish instituti bo‘lib, rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshirish uchun xususiy kapitalni safarbar qilish bilan shug‘ullanadi.

Uchrashuvda oliy darajadagi faol muloqotlar va savdo-investitsiyaviy hamkorlik kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Energetika, muhim minerallar, moliya, transport, qishloq xo‘jaligi va AT sohalarida yirik qo‘shma tashabbuslar ishlab chiqilmoqda.

Amaliy sheriklikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Ustuvor loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shma investitsiya platformasini yaratishni jadallashtirish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Toshkent shahrida korporatsiyaning mintaqaviy ofisini ochish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari korporatsiyaning infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik asosida ishtirok etishi muhimligini ta’kidladi.

 

 


O‘zbekiston


														
														Kichik va o‘rta biznesni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari

Kichik va o‘rta biznesni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari

alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini rea…
17:42 / 30.05.2026

														
														Kafe va restoranlarda ishga olish tartibi soddalashtiriladi

Kafe va restoranlarda ishga olish tartibi soddalashtiriladi

O‘zbekistonda joriy yilning 1-iyunidan e’tiboran kafe, restoran va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkor…
14:19 / 30.05.2026

														
														Farg‘ona va Namanganda 2 milliard so‘mdan ortiq noqonuniy dori vositalari aniqlandi

Farg‘ona va Namanganda 2 milliard so‘mdan ortiq noqonuniy dori vositalari aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Farg‘ona va Namangan viloya…
07:39 / 30.05.2026

														
														30-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

30-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
17:35 / 29.05.2026

														
														4 oyda 24 mingdan ziyod xorijliklar davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan

4 oyda 24 mingdan ziyod xorijliklar davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan

2026-yilning yanvar–aprel oylarida jami 24 176 nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.
17:15 / 29.05.2026

														
														Farg‘onada bank xodimi 10 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Farg‘onada bank xodimi 10 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

DXX xabariga ko‘ra, Farg‘onada bank xodimi pora olayotganida qo‘lga tushgan.
17:07 / 29.05.2026

														
														Kichik biznes uchun e’lon qilingan yangi yengilliklar tadbirkorlar tomonidan iliq kutib olinmoqda.

Kichik biznes uchun e’lon qilingan yangi yengilliklar tadbirkorlar tomonidan iliq kutib olinmoqda.

Ko‘p yillardan buyon biznes vakillari QQSga o‘tishdagi 1 milliard so‘mlik chegara pastligi, murakkab soliq tizimi hamda orti…
11:00 / 29.05.2026

														
														29-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

29-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
19:29 / 28.05.2026

														
														Alkogol va tamaki mahsulotlarini naqd pulga sotishga ruxsat berildi

Alkogol va tamaki mahsulotlarini naqd pulga sotishga ruxsat berildi

Prezident tomonidan imzolangan yangi farmonga ko‘ra, 1-iyundan boshlab O‘zbekistonda mehmonxonalar va umumiy ovqatlanish kor…
19:08 / 28.05.2026

														
														Andijonda Damas yonib ketdi

Andijonda Damas yonib ketdi

Damas rusumli transport vositasining elektr simlaridan chiqqan qisqa tutashuv oqibatida uning salon qismida yong‘in kelib ch…
18:42 / 28.05.2026

Bu ham qiziq

Afg‘onistonga O‘zbekiston xalqining insonparvarlik yordami yetkazildi

Afg‘onistonga O‘zbekiston xalqining insonparvarlik yordami yetkazildi

Afg‘oniston rasmiylari O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga ko‘rsatayotgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorchilik bildiri…
17:26 / 25.05.2026
Andijonda Damas yonib ketdi

Andijonda Damas yonib ketdi

Damas rusumli transport vositasining elektr simlaridan chiqqan qisqa tutashuv oqibatida uning salon qismida yong‘in kelib ch…
18:42 / 28.05.2026
Farg‘ona va Namanganda 2 milliard so‘mdan ortiq noqonuniy dori vositalari aniqlandi

Farg‘ona va Namanganda 2 milliard so‘mdan ortiq noqonuniy dori vositalari aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Farg‘ona va Namangan viloya…
07:39 / 30.05.2026
O‘zbekistonda doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi

O‘zbekistonda doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi

O‘zbekistonda doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi
08:27 / 26.05.2026
30-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

30-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
17:35 / 29.05.2026
Qurbon hayiti va dam olish kunlarida qaysi tibbiyot muassasalari ishlaydi?

Qurbon hayiti va dam olish kunlarida qaysi tibbiyot muassasalari ishlaydi?

Aholi salomatligini asrash, xususan, bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish…
17:12 / 26.05.2026
Rossiyadagi o‘zbekistonlik mahbuslar jazoni vatanda o‘tash istagini bildirdi

Rossiyadagi o‘zbekistonlik mahbuslar jazoni vatanda o‘tash istagini bildirdi

Rossiyaning Saxalin viloyatida jazo muddatini o‘tayotgan bir guruh O‘zbekiston fuqarolari jazoning qolgan qismini vatanda o‘…
11:18 / 26.05.2026
Farg‘onada bank xodimi 10 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Farg‘onada bank xodimi 10 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

DXX xabariga ko‘ra, Farg‘onada bank xodimi pora olayotganida qo‘lga tushgan.
17:07 / 29.05.2026
27-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

27-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:39 / 26.05.2026
4 oyda 24 mingdan ziyod xorijliklar davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan

4 oyda 24 mingdan ziyod xorijliklar davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan

2026-yilning yanvar–aprel oylarida jami 24 176 nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.
17:15 / 29.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!