$
11915.64 UZS
28.92
146.19 UZS
-0.18
13749.46 UZS
32.19
31° Kechasi 18°

Kia Toshkentda yangilangan K8 va Carnival flagmanlarini taqdim etdi

14:56 / 04.12.2025

Kia Toshkentda yangilangan K8 va Carnival flagmanlarini taqdim etdi


Kia Toshkentda yangilangan K8 va Carnival avtomobillarini taqdim etdi — narxlar rasman e’lon qilinib, muhim o‘zgarishlar ochiqlandi. Brendning ikkita flagman modeli sezilarli darajada qayta ishlangan dizayn, kengaytirilgan texnologiyalar to‘plami va yangilangan komplektatsiyalarga ega bo‘lishi, ularni O‘zbekiston bozorida eng kutilayotgan yangiliklardan biriga aylantiradi.

2025-yil 29-noyabr kuni Kia brendining rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi yangilangan Kia K8 va Kia Carnival avtomobillarining yopiq taqdimotini o‘tkazdi. Tadbir Kinochilar uyining RENESSANS zalida bo‘lib o‘tdi hamda hamkorlar, mijozlar va avtomobilsozlik sohasi vakillarini to‘pladi.


Mehmonlarni welcome-zona, Star Trajectories uslubidagi foto maydon, "Avto-Aroma" xushbo‘y hidlar ustaxonasi, Jazzirama musiqiy setlari, shuningdek, Sabina Mustayevaning jonli ijrodagi chiqishi qarshi oldi. Muhit o‘zgacha uslubda va premium darajada bo‘lib o‘tdi.


Kia brendining O‘zbekistondagi direktori o‘rinbosari Georgiy Shoniya mehmonlar oldida so‘zga chiqib, quyidagilarni ta’kidladi:

“Yangilangan K8 — bu yuqori mavqe, yuqori texnologiya va qulaylikning yangi darajasi, yangilangan Carnival esa — bu katta kompaniya uchun maksimal ratsionallik va harakatlanish qulayligi. Kia uchun bu shunchaki yangi versiyalarni ishga tushirish emas, balki insonlarga ko‘proq harakatlanish erkinligini berish va har qanday vaziyatda o‘zlarini ishonchli his qilishlariga yordam berish missiyamizning davomidir”.


Tadbirning rasmiy qismi o‘tgandan so‘ng tashrif buyuruvchilarga ikkala model bilan batafsil tanishish va brend vakillari bilan texnik xususiyatlarni muhokama qilish imkoniyati berildi.

Yangilangan Kia K8 sharhi

K8’ning tashqi ko‘rinishiga e’tibor berilganida uning tashqi tomonidagi o‘zgarishlar darhol ko‘zga tashlanadi. Old qism yangi bamperga ega bo‘ldi, u ham odatiy radiator panjarasi bo‘ylab cho‘zilgan va vizual ravishda kapotga o‘tib, yanada monolit va sportcha qiyofani hosil qiladi. Yaxshilangan aerodinamika havo qarshiligini kamaytirishga va yonilg‘i sarfini kamaytirishga yordam beradi.

Gorizontal LED yoritish chizig‘iga ega brend vertikal bosh optikasi markaning yangi dizaynini ta’kidlaydi va qorong‘u vaqtda ko‘rinishni yaxshilaydi. G‘ildirak diskalarining shakli ham o‘zgardi — endi ular qora, burchakli elementlarga ega bo‘lib, modelning dinamik xususiyatini namoyon etadi. Yon oynalarda avtomobilning e’tiborini oshiradigan burilish takrorlagichlari paydo bo‘ldi.

K8’ning orqa qismiga "Yulduzli xarita" texnologiyasiga ega chiroqlar, yukxona qopqog‘iga esa qo‘shimcha bo‘ylama kuchaytirgichlar o‘rnatildi. Orqa bamper ishlangan tutun gazi chiqarish tizimini quvurlaridan xalos bo‘lganligi sababli, u yanada tartibga solingan qiyofaga ega bo‘ldi.


Salonda yangilangan dekorativ o‘rnatmalari va mayin tarzdagi atmosfera yorug‘ligi paydo bo‘ldi. Qurilmalar paneli va markaziy displey ma’lumotlarning o‘qilishini yaxshilaydigan bo‘ylama egilgan shakli bilan umumiy blokga birlashtirilgan.

Yangilangan multimedia tizimi Apple CarPlay va Android Auto simsiz tizimlarida ishlaydi va qo‘shimcha dinamiklarga ega bo‘ldi. Markaziy konsolga qayta ishlov berildi: o‘rindiqlar orasida stakan qo‘ygichlar uchun qulay pardachalar va buyumlar bo‘limi isitiladigan va ultrabinafsha sterilizatsiya qilinadigan yangi ikki tabaqali markaziy boks paydo bo‘ldi.

Rul chambaragida joylashgan harakat rejimlari almashtirgichi endi haydovchining ro‘parasida joylashgani, uni foydalanish uchun yanada sodda va tushunarli qiladi. Xotirali rul kolonkasining elektr tarzda sozlanishi avtomobilga kirish va undan chiqishni osonlashtiradi, shuningdek, bir nechta haydovchilar tomonidan foydalanilishini osonlashtiradi.

Yangilangan Kia K8’ning o‘ziga xos texnik xususiyatlari:

● Ulanadigan to‘liq yuritma — K8 uchun O‘zbekistonda birinchi marta.

● Elektron tarzda boshqariladigan amortizatorlar podveskaning qattiqligini soniyasiga 40 marta sozlaydi.

● 300 ot kuchiga ega 3,5 litrli atmosferali V6 8 pog‘onali Avtomat ravishda uzatmalarni almashtirish qutisi bilan uyg‘unlikda.

● 0 dan 100 km/soatgacha tezlashish — 7,2 soniya.

Model uch xil komplektatsiyada mavjud:

● Prestige FWD — 789 900 000 so‘m

● Premium FWD — 834 900 000 so‘m

● Premium AWD — 859 900 000 so‘m


Yangilangan Kia Carnival sharhi

Yangilangan Carnival ham tashqi, ham ichki tomondan o‘zgardi. Old qism Kia brendining yangi uslubida, vertikal LED chiroqlari va yangi radiator panjarasi bilan jihozlangan. Monolit old bamper yanada qudratli va ishonchli ko‘rinishga ega bo‘ldi.

Orqa tomondan e’tiborni qaratadigan bo‘lsak, oyna changini kamaytiradigan kattalashtirilgan spoyler va yangi vertikal chiroqlarni ko‘ramiz. Komplektatsiyasiga qarab 18" va 19" o‘lchamdagi diskalar modelning ishonchlilik darajasini ifodalaydi.

Salon eshiklari yangilangan yoritgich va dinamiklar panjaralarining yangi dizayniga ega bo‘ldi. Markaziy konsol qulay iqlim boshqaruvi va multimedia uchun maqbullashtirildi. Simsiz quvvatlash tizimi yanada tezroq va qulayroq ishlash imkoniyatlariga ega bo‘ldi.


Orqa tomonni ko‘rish oynasi orqa tomonni ko‘rish kamerasidan tasvirni namoyon etish funksiyasiga ega. Qurilmalar paneli va multimedianing 12,3 dyuymli ikkita displeylari umumiy egilgan oyna ostida o‘rnatilgan bo‘lib, ular yagona vizual blokni hosil qiladi.

Salon konfiguratsiyalari:

● 8 o‘rinli — markaziy o‘rindig‘i bukiladigan o‘rta divan.

● 7 o‘rinli — bo‘ylama harakatlanish imkoniyatiga ega siljitish moslamali alohida o‘rindiqlar.

Haydovchi o‘rindig‘i uzoq safarlarda toliqishni kamaytiradigan Ergo Motion texnologiyasi bilan jihozlangan. Proyeksiyali displey muhim ma’lumotlarni peshoynaga namoyon qilib beradi.

Carnival 3,5 litr hajmga ega V6 atmosfera dvigateli va 8 pog‘onali Avtomat ravishda uzatmalarni almashtirish qutisi bilan jihozlangan bo‘lib, old tomondagi yuritmaga ega.

Model uch xil komplektatsiyada mavjud:

● Comfort – 624 900 000 so‘m

● Luxe – 724 900 000 so‘m

● Prestige – 834 900 000 so‘m


Yangilangan Kia K8 va Kia Carnival O‘zbekistonda brendning jiddiy taraqqiyotini namoyish etmoqda. K8 premium toifadagi daraja, zamonaviy texnologiya va dinamikani o‘zida mujassamlashtirayotgan bo‘lsa, Carnival oila va biznes uchun qulay va universal darajadagi miniven mavqeini mustahkamlab bormoqda.

Ikkala model ham yanada yuqori texnologiyaga ega, qulay va xavfsizroq bo‘lib bormoqda, taqdimot esa Kia mahalliy mijozlar ehtiyojlariga mos keladigan puxta o‘ylangan muhandislik yechimlari tomon harakatlanishda davom etayotganini ko‘rsatmoqda.

Telefon: (+998) 55−500−83−33

Sayt: http://kia.uz/

Facebook: https://www.facebook.com/KiaUzbekistan/

Instagram: https://www.instagram.com/kia__uzbekistan

Telegram: https://t.me/kiauzbekistanbot

YouTube: https://www.youtube.com/@kiauzbekistan


O‘zbekiston


														
														Toshkent aeroporti tashqarisida aviahalokat bo‘yicha keng ko‘lamli o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Toshkent aeroporti tashqarisida aviahalokat bo‘yicha keng ko‘lamli o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

7 avgust kuni Toshkent xalqaro aeroporti tashabbusi bilan Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida parvozlar xavfsizlig…
16:58 / 08.08.2026

														
														Otaning ismini bolaga familiya qilib berish mumkin bo‘ladi

Otaning ismini bolaga familiya qilib berish mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda ota-onalarga farzandiga otasining ismini familiya sifatida berish imkoniyati yaratiladi. Tegishli qonun 8 avgu…
15:31 / 08.08.2026

														
														Taniqli aktyor Abdumannon Ubaydullayev vafot etdi

Taniqli aktyor Abdumannon Ubaydullayev vafot etdi

7-avgust kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor, taniqli kinoak…
09:26 / 08.08.2026

														
														AQSh Senati Rossiya va Eronga qarshi sanksiyalarni ma’qulladi

AQSh Senati Rossiya va Eronga qarshi sanksiyalarni ma’qulladi

AQSh Senati Rossiya va Eronga qarshi keng qamrovli sanksiyalarni nazarda tutuvchi “Lindsey O. Graham Sanctioning Russia and …
09:20 / 08.08.2026

														
														Abduqodir Husanovning bobosi vafot etdi

Abduqodir Husanovning bobosi vafot etdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning bobosi, “Bunyodkor” U19 jamoasi bosh murabbiyi Hikmat Hos…
15:58 / 07.08.2026

														
														Qulay shahar muhiti — aniq yechimlar orqali

Qulay shahar muhiti — aniq yechimlar orqali

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining jamoat xavfsizligi va qon…
09:11 / 07.08.2026

														
														Bibisora Asaubayeva Samarqanddagi Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etadi

Bibisora Asaubayeva Samarqanddagi Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etadi

Qozog‘istonning yetakchi shaxmatchilaridan biri Bibisora Asaubayeva 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida mamlakat ayollar ter…
15:16 / 06.08.2026

														
														O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga 463 million dollar ajratiladi

O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga 463 million dollar ajratiladi

O‘zbekistonda chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida 2026–2028 yillarda 463 million dollar miqdorida mablag‘ yo‘na…
09:19 / 06.08.2026

														
														6 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

6 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI

5 avgust soat 20 dan 6 avgust soat 20 gacha
17:09 / 05.08.2026

														
														Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq talon-torojliklar fosh etildi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq talon-torojliklar fosh etildi.

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
16:02 / 05.08.2026

Bu ham qiziq

Namangan shahri sobiq hokimi Anvar Otaxo‘jayev ustidan sud boshlandi

Namangan shahri sobiq hokimi Anvar Otaxo‘jayev ustidan sud boshlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudida Namangan shahri sobiq hokimi Anvar Otaxo‘jayev va yana besh nafar shaxsga …
16:35 / 07.08.2026
O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga 463 million dollar ajratiladi

O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga 463 million dollar ajratiladi

O‘zbekistonda chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida 2026–2028 yillarda 463 million dollar miqdorida mablag‘ yo‘na…
09:19 / 06.08.2026
Rossiyada qiyin vaziyatga tushgan 597 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Rossiyada qiyin vaziyatga tushgan 597 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Migratsiya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyada qiyin vaziyatga tushib qolgan 597 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qayta…
09:26 / 07.08.2026
“Bola qarash — ish emas”. Avstriya kansleri onalardan uzr so‘radi

“Bola qarash — ish emas”. Avstriya kansleri onalardan uzr so‘radi

Avstriya kansleri Kristian Shtoker farzandlarga g‘amxo‘rlik qilishni ish sifatida baholamaslik haqidagi bayonoti uchun onala…
14:44 / 08.08.2026
Namanganda 577 million so‘mlik hujjatsiz dorilarni saqlagan shaxs ushlandi

Namanganda 577 million so‘mlik hujjatsiz dorilarni saqlagan shaxs ushlandi

Namangan viloyatida umumiy qiymati 577,4 million so‘m bo‘lgan, sifatini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan 13 mingdan or…
14:40 / 08.08.2026
Bugun, 8-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 8-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

8 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI7 avgust soat 20 dan 8 avgust soat 20 gacha
16:45 / 07.08.2026
Toshkentda kvartiralar qimmatlashdi, hovlilar narxi pasaydi

Toshkentda kvartiralar qimmatlashdi, hovlilar narxi pasaydi

O‘zbekistonda 2026-yilning ikkinchi choragidan boshlab uy-joy narxlari indeksini hisoblashning yangi metodologiyasi joriy et…
16:34 / 06.08.2026
Andijonda yuk mashinasi velosipedchini urib yubordi

Andijonda yuk mashinasi velosipedchini urib yubordi

Bugun, 6-avgust kuni Andijon shahrining Pirmuhammedov ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
15:20 / 06.08.2026
Turkiyalik olimning “Men tanigan O‘zbekiston” kitobi taqdim etildi

Turkiyalik olimning “Men tanigan O‘zbekiston” kitobi taqdim etildi

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan turkiyalik taniqli olim Kemal Yavuz Atamanning “Men tanigan O‘zbeki…
16:30 / 07.08.2026
Qozog‘istonda ilk bor yo‘lovchili uchuvchisiz havo taksisi parvoz qildi

Qozog‘istonda ilk bor yo‘lovchili uchuvchisiz havo taksisi parvoz qildi

Qozog‘istonda ilk bor bortida yo‘lovchi bo‘lgan uchuvchisiz havo taksisi sinov parvozini amalga oshirdi. Bu haqda Qozog‘isto…
10:37 / 08.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!