$
12831.81 UZS
-25.54
163.75 UZS
0.3
14606.45 UZS
-66.36
30° Kechasi 21°

Endilikda ayrim fuqarolarga temir yo‘l transportida yiliga bir marta bepul yurish huquqi beriladi

14:34 / 04.01.2025

Temir yo‘l transporti sohasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun joriy yil 1-yanvardan kuchga kirdi.

Yangi qonunga 17 yangi tushuncha kiritildi. Jumladan, “temir yo‘l transporti” “umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti”, “vakolatli tashkilot”, “temir yo‘l transporti yo‘lovchisi”, “yuk”, “muhofaza zonasi” va boshqa tushunchalar alohida moddalarda o‘z aksini topib, ularga doir talablar belgilandi.

Xususan, “temir yo‘l transporti” tushunchasi qayta ko‘rib chiqildi va yangi tahrirda bayon etildi. Bunda respublikaning temir yo‘l transporti belgilangan maqsadlar bo‘yicha umumiy foydalanishdagi va umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘l transportiga ajratildi.

“Temir yo‘l transporti infratuzilmasi” tushunchasi ushbu qonunda nazarda tutilgan turli xil obyektlarni o‘z ichiga oluvchi texnologik majmua sifatida ifoda etildi.

Qonunga “umumiy foydalanish temir yo‘l transporti infratuzilmasi operatori” degan yangi tushuncha kiritildi va operatorga qo‘yiladigan asosiy talablar qonunning alohida yangi moddasida bayon etildi.

O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti faoliyatiga nisbatan amaldagi qonunda “tashuvchi” tushunchasi mavjud emas edi. Bu esa bartaraf etilishi kerak bo‘lgan qonunchilikdagi bo‘shliqdir. Shunga ko‘ra, qonun “Tashuvchining huquq va majburiyatlari” moddasi bilan to‘ldirildi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida temir yo‘l transportida faoliyatni tartibga solish muammolarini sifatli hal qilishda yuqori darajadagi boshqaruvning roli va mas’uliyati oshib bormoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati, bir tomondan, yo‘lovchilar va yuklarni tashishga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash bo‘yicha davlatning asosiy vazifasi bilan bir qatorda, boshqa tomondan, xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida shartnomalarni bajarish, moliyaviy manfaatlar, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarni sotishdan va aksiyadorlik jamiyatini saqlash va rivojlantirishga qaratilgan boshqa faoliyat turlaridan daromad olish bo‘yicha majburiyatlarini o‘z zimmasiga olgan.

Shu munosabat bilan amaldagi qonunning 10-moddasi to‘liq qayta ko‘rib chiqildi va bir nechta moddalarga ajratildi. Temir yo‘l transporti faoliyatini tashkil etish va boshqarish bilan shug‘ullanuvchi organlar vazifalari aniq chegaralandi, vakolatlar (kompetensiyalar) belgilandi.

Ijro etuvchi hokimiyat organi sifatida Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari sifatida hokimliklar, davlat boshqaruvi organlari sifatida Transport vazirligi va Transport nazorati inspeksiyasi, umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti sohasidagi xo‘jalik boshqaruvi organi sifatida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati etib belgilandi.

Bugungi kunga kelib infratuzilma, temir yo‘l transporti va boshqa vositalarning egalari (mulkdorlari) 43 dan ortiq vazirlik va idoralar hamda ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar, shuningdek, temir yo‘l transporti sohasida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlar hisoblanadi. Ularning barchasi tashuvlar jarayonida bevosita ishtirok etadi va temir yo‘l transporti obyektlarining xavfsiz ekspluatatsiyasini hamda temir yo‘l transportida tashishlar xavfsizligini ta’minlashga majburdir.

Shunga ko‘ra, qonunda tashuvlar jarayonini bevosita ta’minlaydigan korxonalarga va temir yo‘l transporti tashuvchisiga transport xavfsizligini ta’minlash mas’uliyatini yuklagan holda temir yo‘l transportida xavfsizlik yuzasidan asosiy talablar nazarda tutildi.

Qonunga yangi moddalar ham kiritildi. Xususan, temir yo‘l transporti tashuvchisining yo‘qotishlari va zararlarini qoplash to‘g‘risida (30-modda) me’yorlar kiritildi. Chunki, amalda yo‘lovchilarni temir yo‘l transportida tashishdan ko‘rilgan zararlar tashkilotga ortiqcha yuklatilgan bo‘lib, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi nazarda tutilmagan edi. Konstitutsiyaning 19-moddasini ta’minlash maqsadida alohida toifadagi yo‘lovchilarga temir yo‘l transportida yiliga bir marta bepul yurish huquqi belgilandi.

Amaldagi qonunda havolaki normalar, shuningdek, “normativ hujjatlar” so‘zlari ifodalangan moddalar mavjudligi, temir yo‘l transporti faoliyati nafaqat me’yoriy texnik hujjatlar bilan, balki normativ-huquqiy hujjatlar bilan ham tartibga solinishi sababli, ushbu normalarning tahririga o‘zgartirish kiritildi.

Qonun joriy yilda davlat tomonidan tartibga solinadigan tariflarda yo‘lovchilarni tashishdan vujudga kelgan zararlarni qoplash uchun Davlat byudjetidan qo‘shimcha 1,7 trillion so‘m xarajatni talab etadi.

Qonun temir yo‘l transporti sohasidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, tadbirkorlik faoliyati uchun shart-sharoit yaratish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, temir yo‘l transporti va xalqaro tashuvlar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.


O‘zbekiston


														
														7-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

7-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 7-iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib tur…
20:15 / 06.06.2025

														
														Ukrainalik bolalar dam olish uchun Toshkentga keldi

Ukrainalik bolalar dam olish uchun Toshkentga keldi

Bolalar Ukrainaning jangovar harakatlardan aziyat chekayotgan turli viloyatlaridan, xususan, Xarkov, Xerson, Nikolayev, Zapo…
17:38 / 06.06.2025

														
														Sergelida mebel sexi yonib ketdi

Sergelida mebel sexi yonib ketdi

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 08:07 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 08:42 da qurshab olingan 10:2…
11:16 / 06.06.2025

														
														6-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

6-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.
06:43 / 06.06.2025

														
														O‘zbekiston Afg‘onistonga hayit munosabati bilan insonparvarlik yordami jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga hayit munosabati bilan insonparvarlik yordami jo‘natdi

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan …
17:35 / 05.06.2025

														
														Farg‘onadagi alyuminni qayta ishlash sexida 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi

Farg‘onadagi alyuminni qayta ishlash sexida 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
15:49 / 05.06.2025

														
														Toshkent metrosi Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Toshkent metrosi Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Shu munosabat bilan bayram kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro ish vaqti quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
14:17 / 05.06.2025

														
														Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Qurbon hayiti kuni 6-iyunga to‘g‘ri kelishi haqidagi qarorini inobatg…
10:00 / 05.06.2025

														
														Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Ertaga — Qurbon hayiti kuni, ya’ni rasmiy bayram va dam olish kuni.
09:40 / 05.06.2025

														
														Bugun, 5-iyundan OTMlarga qabul boshlandi

Bugun, 5-iyundan OTMlarga qabul boshlandi

Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanl…
09:11 / 05.06.2025

Bu ham qiziq

7-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

7-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 7-iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib tur…
20:15 / 06.06.2025
Ukrainalik bolalar dam olish uchun Toshkentga keldi

Ukrainalik bolalar dam olish uchun Toshkentga keldi

Bolalar Ukrainaning jangovar harakatlardan aziyat chekayotgan turli viloyatlaridan, xususan, Xarkov, Xerson, Nikolayev, Zapo…
17:38 / 06.06.2025
6-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

6-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.
06:43 / 06.06.2025
Bugun O‘zbekiston MTJ Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqishi mumkin

Bugun O‘zbekiston MTJ Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqishi mumkin

Uchrashuv BAAda Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
10:39 / 05.06.2025
Tramp AQShga kirishga 12 ta davlat fuqarolari uchun taqiq joriy etdi

Tramp AQShga kirishga 12 ta davlat fuqarolari uchun taqiq joriy etdi

Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi 12 ta davlat fuqarolarining AQShga kirishini t…
08:49 / 05.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga hayit munosabati bilan insonparvarlik yordami jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga hayit munosabati bilan insonparvarlik yordami jo‘natdi

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan …
17:35 / 05.06.2025
Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi va manzili ma’lum bo‘ldi

Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi va manzili ma’lum bo‘ldi

Ro‘ziboyevga kim raqiblik qilishi hozircha aniq emas.
09:37 / 04.06.2025
Toshkent metrosi Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Toshkent metrosi Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Shu munosabat bilan bayram kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro ish vaqti quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
14:17 / 05.06.2025
Yashnobodda 19 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi

Yashnobodda 19 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi

Yashnobod tumanida 19 yoshli yigitning jasadi topildi. Bosh prokuratura tomonidan ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshi…
18:27 / 04.06.2025
Japarov Almazbek Atambayevni afv etishga tayyorligini aytdi

Japarov Almazbek Atambayevni afv etishga tayyorligini aytdi

U bu haqda “Kabar” axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
15:38 / 04.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!