$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Endilikda nogironligi bor shaxslarning repetitor xarajatlari qoplab beriladi

15:53 / 22.06.2022

Oʻzbekistonda nogironligi bor shaxslarning repetitor xarajatlari qoplab beriladi. Hukumat qarori bilan nogironligi boʻlgan yoshlarga oʻqish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga koʻra, nogiron yoshlarga nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunar, dasturlash, umumtaʼlim fanlari va xorijiy tillarni oʻrgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha (15 million soʻmgacha) subsidiya ajratiladi.

Subsidiya olish uchun istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinadi yoki YAIDXP orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtiladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

oʻqish xarajatlari uchun subsidiya olishda:

  • ariza bolaning qonuniy vakili tomonidan berilsa, uning shaxsiy identifikatsiya raqami va bolaning qonuniy vakili ekanini tasdiqlovchi hujjat;
  • nodavlat taʼlim tashkiloti tomonidan ariza beruvchini oʻqitish toʻgʻrisida shartnomaning elektron nusxasi.

Yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya olishda:

  • yoʻl xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari;
  • ijara shartnomasi va uning soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi haqidagi bildirishnomaning elektron nusxasi.

Davlat xizmati bepul koʻrsatiladi.

Ariza 3 ish kunida koʻrib chiqilib, subsidiya ajratish haqida elektron tizimga maʼlumot kiritiladi va bu haqida ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboriladi. Nodavlat taʼlim tashkiloti joylashgan hududdagi mahallaning yoshlar yetakchisi zimmasiga ariza beruvchining nodavlat taʼlim tashkilotida oʻqishini joyiga chiqqan holda monitoring qilish vazifasi yuklatiladi.

Davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida ariza beruvchilarga oid maʼlumotlar sir saqlanadi.

Hukumat qarori bilan shuningdek, Nogironligi boʻlgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishning maʼmuriy reglamenti ham tasdiqlandi.


Bu ham qiziq

Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari yuzasidan inv…
15:04 / 20.11.2026
Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistondagi bir qator internet naşrlari ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqi buzilgani haqidagi şikoyatlar orqali pul u…
13:48 / 19.11.2026
Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

2024–2026-yillarda Özbekistonda ötkazilgan oltita kasbiy sertifikatlaş sinovida jami 47 936 nafar pedagog iştirok etdi. Ular…
11:33 / 20.11.2026
Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan özbek tilidagi 6 milliardga yaqin sözni öz içiga olgan yirik oçiq matnli ma’lumot…
11:29 / 20.11.2026
Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda jazoni ijro etiş koloniyasida ötirib, uyali telefon orqali onlayn narkodökon faoliyatini boşqargan mahkum va uning…
16:10 / 19.11.2026
Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda korxona tugatilişi yoki ştatlar qisqarişi sababli işdan böşatilgan fuqarolar uçun muddatidan oldin pensiyaga çi…
09:43 / 20.11.2026
Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda tibbiy mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş doirasida turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida san…
14:39 / 19.11.2026
Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 3,1 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vosital…
09:27 / 20.11.2026
O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda keramik plita, bazalt qoplama, qurilish oynasi va gazoblok kabi 161 turdagi mahsulotni ishlab chiqarish quvvat…
15:23 / 20.11.2026
Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda 2030-yilga qadar oltin qazib oliş hajmini 175 tonnaga, kumuş işlab çiqarişni 500 tonnaga, mis işlab çiqariş quv…
14:06 / 19.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!