O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida ilk bor Toshkent davlat stomatologiya instituti dunyo tan olgan Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi tomonidan (WFME prezidenti Devid Gordonning tavsiyasi, ekspertlar xulosasi va talablari asosida) xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligining Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur xalqaro akkreditatsiya O‘zbekistondagi ta’lim dasturlarining xalqaro sifat standartlariga mosligini baholash jarayoni bo‘lib, Oliy ta’lim sifati kafolati Yevropa assosiatsiyasi (ENQA) a’zosi va Sifat kafolati agentliklari Yevropa reyestrida (EQAR) mavjud mustaqil xorijiy agentlik tomonidan o‘tkazilgan.
Shuningdek, bu e’tirof institut jamoasi uchun xalqaro ta’lim maydonida imkoniyatlarni kengaytiradi. Xususan, ta’lim dasturlarining dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinishi, xorijiy OTMlar bilan hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirish, ta’lim jarayonlari oshkoraligi va ochiqligini ta’minlash, bitiruvchilar kompetentligini oshirishga xizmat qiladi.
Xabarda keltirilishicha, Toshkent davlat stomatologiya institutiga xalqaro akrreditatsiya sertifikatini topshirishga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda Sog‘liqni saqlash vaziri B.Musayev hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulov ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Toshkent davlat stomatologiya instituti dunyodagi 20 dan ortiq rivojlangan mamlakatlarning 100 dan ortiq yetakchi xorijiy OTM va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Xalqaro sifat menejmenti — ISO 9001:20.15 sertifikati hamda Finlandiyaning JAMK universiteti bilan hamkorlikdagi “Tibbiyot va innovatsiyalar” ilmiy-amaliy jurnaliga ega.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!