$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Energetika vazirligi joylarda aholi 2 soatgacha “svet”siz qolayotganini rad etmadi

12:47 / 13.11.2021

Energetika vazirligi matbuot xizmati so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda aholining elektr energiyasi ta’minotidan uzilib qolishlari bilan bog‘liq tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Vazirlikka ko‘ra, “haqiqatan ham elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar hali ham uchrab turibdi va bu ko‘p hollarda, 10 daqiqadan 2 soatgacha bo‘lgan qisqa muddatli uzilishlarni tashkil qiladi”.

Shuningdek, vazirlik o‘z munosabatida yaqin o‘tmishni eslaydi va o‘sha davrlarda “ommaviy o‘chirish” holati ko‘p kuzatilganini ta’kidlaydi. 

“Aslida, bu energiya sarfini tejash uchun ma’lum bir jadvalga muvofiq amalga oshirilgan uzilishlar edi. Faqatgina 5 yil oldin tugatilgan “ommaviy o‘chirishlar”ning sababi esa oddiy. Yillar davomida elektr energiyasi iste’moli o‘sishiga qaramay, bir xil energiya balansi shakllangan va mavjud balansni teng taqsimlash maqsadida deyarli har kuni 6 yoki undan ko‘proq soatga elektr energiya ta’minotida uzilishlar ro‘y bergan. Masalan, o‘sha yillarda Qashqadaryo viloyatida ana shunday rejali o‘chirishlar kuniga 18 soatgacha yetgan. Aholining so‘zlariga ko‘ra, o‘sha vaqtlarda ertalab va kechqurun faqat 2-3 soat elektr energiyasi berilgan, xolos”, – deyiladi vazirlik munosabatida.

Ma’lum qilinishicha, 2016-yilga qadar mamlakatda elektr energiyasi iste’moli bor yo‘g‘i 20 foizga o‘sgan. So‘nggi 5 yil ichida esa bu ko‘rsatkich yillik 11 foizni tashkil qiladi.

“Biz kunlik uzoq muddatli o‘chirishlarga barham berdik, ma’lum sabablarga ko‘ra yuzaga kelayotgan qisqa muddatli elektr ta’minotidagi uzilishlar esa tunu-kun ishlaydigan avariyaga qarshi maxsus brigadalar tomonidan zudlik bilan bartaraf etib borilmoqda.
Bu kabi uzilishlarning bir necha yil avval Samarqand, Buxoro, Urganch va respublikamizning boshqa hududlarida deyarli har kuni 4-6 soat davomida elektr ta’minotisiz qolgan o‘tmishi bilan aloqasi yo‘q”, – deyiladi munosabatda.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 1991–2016-yillarda yoki 25 yil ichida respublika bo‘yicha 9 300 km elektr uzatish tarmoqlari va 4 800 ta transformatorlar yangilangan. 

2017–2021-yillar davomida (oxirgi besh yilda) esa 40 600 km bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlari va 12 900 ta transformatorlar yangilanmoqda. 4 600 MVtdan ziyod yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda.


Bu ham qiziq

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!