$
12724.84 UZS
-15.11
137.11 UZS
-2.03
14223.83 UZS
32.8
29° Kechasi 17°

Energetika vazirligi muhim murojaat bilan chiqdi

09:55 / 16.01.2023

Kecha, 15-yanvar kuni Energetika vazirligi muhim murojaat bilan chiqdi.

Uning asosiy mazmuni sovuq kunlarda gaz va elektr energiyaga bo‘lgan talabning oshishi, ularni yetkazib berishda yuzaga kelayotgan muammolardir. Murojaat vazirlik matbuot xizmati bosh mutaxassisi Obidjon Dilmurodov ishtirokidagi brifingda o‘qib eshittirilgan.

Qayd etilishicha, anomal sovuq tufayli 12-yanvarda qo‘shni mamlakatning tabiiy gaz qazib chiqarish konlarida yuzaga kelgan avariyaviy holat tabiiy gaz importining to‘liq to‘xtashiga va boz ustiga elektr energiyasi importining 20 foizga qisqarishiga sabab bo‘lgan.

Shuningdek, tabiiy gaz va elektr energiyasi importi hajmini tezkor ko‘rilgan choralar va kelishuvlar asosida maksimum darajaga oshirish hisobiga kunlik tabiiy gaz iste’molining 10 foizi hamda elektr energiyasining 8 foizi aynan qo‘shimcha import yordamida ta’minlanib kelmoqda.

Biroq gaz quvurlari va magistral elektr tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati yaxshi bo‘lsa-da, resurslar yetarli emasligi hisobiga iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlashda muammolar kuzatilmoqda.

Bugungi kunda respublikaning elektr energiyasi iste’moli eng baland ko‘rsatkichga, ya’ni 250 mln kVt.soatga yetgan. Shuningdek, tabiiy gazga bo‘lgan kunlik talab qazib chiqarishga nisbatan yuqoriligicha saqlanib qolmoqda.

Iste’molchilarning xonadonlarini isitish uchun elektr qurilmalaridan keng foydalanishlari natijasida birgina Toshkent shahrida bugun kun davomida tarmoqlarda yuklamalarning ortishi hisobiga 1000 dan ortiq nosozlik yuzaga keldi.

Nosozliklarni bartaraf etish ishlarni jadallashtirish maqsadida respublika bo‘ylab barcha hududiy elektr tarmoqlari korxonalaridan qo‘shimcha brigadalar Toshkentga jalb qilingan.

Bundan tashqari 2022 yil 31 dekabr kuni cheklov kiritilmagan va kunlik elektr energiyasi iste’moli 220 million kilovatt soatni tashkil etgani va shu kunlarda bu ko‘rsatkich yanada oshib ketgani ta’kidlandi.

Tabiiy gaz va elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojning ortishi qurilmalarda nosozliklarni yuzaga keltirmoqda. Birgina Toshkent shahrida 13 yanvar kuni elektr energiyasi iste’moli 32 million kilovatt soatdan ortib, turli sabablarga (avariyaviy holatlar va cheklovlar) ko‘ra 1 million kilovatt soat elektr energiyasi iste’molchilarga yetkazib berilmagan. Tabiiy gazni aholiga yo‘naltirish uchun issiqlik elektr stansiyalarida tabiiy gaz yoqish hajmi kamaytirilib, zaxiradagi mazut yoqilg‘isi rejaga nisbatan 3 barobarga ko‘p yoqilayotgani ma’lum qilingan.

Shuningdek, korxonalar va tashkilotlar xodimlarini vaqtincha onlayn ish rejimiga o‘tkazish, elektr energiyasi sarfini keskin kamaytirish so‘ralgan.

“Nosozliklarni bartaraf etish ishlarni jadallashtirish maqsadida respublika bo‘ylab barcha hududiy elektr tarmoqlari korxonalaridan qo‘shimcha brigadalar Toshkentga jalb qilindi. Albatta, biz ushbu vaziyatni o‘nglash, nosozliklarni bartaraf etish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rmoqdamiz. Mana shunday og‘ir paytda barchamiz birlashib harakat qilsak bu muammolarni yengamiz. Bunda energiya resurslaridan oqilona va imkon qadar tejamkorlik bilan foydalanish eng muhim omil hisoblanadi. Buning uchun imkon qadar xonadonlarda bittadan ortiq elektrda ishlaydigan isitish qurilmalaridan foydalanmaslik, korxonalar va tashkilotlar xodimlarini vaqtincha onlayn ish rejimiga o‘tkazish, ortiqcha ko‘cha chiroqlarini, reklama ekranlari va illyuminasiyalar, shu jumladan, qurilishi tugallanmagan binolardagi chiroqlarni o‘chirish lozim”, –deyiladi murojaatda.


Bu ham qiziq

Ayrim tovarlar va xizmatlar bo‘yicha QQS imtiyozlari bekor qilinadi

Ayrim tovarlar va xizmatlar bo‘yicha QQS imtiyozlari bekor qilinadi

Prezident Farmoni bilan 2025-yil 1-yanvardan quyidagi tovarlar va xizmatlar bo‘yicha QQS imtiyozlari bekor qilinadi:
09:46 / 19.09.2024
Siam egizaklari operatsiyada muvaffaqiyatli ajratib olindi

Siam egizaklari operatsiyada muvaffaqiyatli ajratib olindi

Pokistonlik Minal va Mirxa ismli egizaklarning bosh qismi qo‘shilib ketgan edi.
17:57 / 18.09.2024
Qirg‘izistonda poraxo‘r amaldorlarning yaqin qarindoshlariga davlat lavozimlarida ishlash taqiqlanadi

Qirg‘izistonda poraxo‘r amaldorlarning yaqin qarindoshlariga davlat lavozimlarida ishlash taqiqlanadi

Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev ma’lum qildi.
14:52 / 19.09.2024
Shaxmatchilarimiz qiyin bahsda Serbiya ustidan g‘alaba qozondi

Shaxmatchilarimiz qiyin bahsda Serbiya ustidan g‘alaba qozondi

Bugun musobaqada hali bironta ball yo‘qotmagan Hindiston bilan kuch sinashamiz.
10:18 / 20.09.2024
Sharof Rashidovning o‘limi chindan ham sirlimi?

Sharof Rashidovning o‘limi chindan ham sirlimi?

Har bir davrda azal-azaldan insonlar o‘z podshoh va davlat amaldorlarini faqat to‘kin-sochin hayotda yashayotganday ko‘risha…
15:50 / 20.09.2024
Birkin sumkasining hashamati nimada?

Birkin sumkasining hashamati nimada?

1984-yilda Hermes dizayneri Jean-Louis Dumas va aktrisa Jane Birkin o‘rtasidagi tasodifiy uchrashuv Birkin sumkasining yarat…
15:54 / 20.09.2024
Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekiston terma jamoasi Ukrainani mag‘lub etdi

Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekiston terma jamoasi Ukrainani mag‘lub etdi

45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 7-tur o‘yinlari ham o‘z nihoyasiga yetdi.
09:04 / 19.09.2024
Gaz quvuri portlashi oqibatida yuzaga kelgan yong‘in hali ham o‘chmagan

Gaz quvuri portlashi oqibatida yuzaga kelgan yong‘in hali ham o‘chmagan

16-sentyabr kuni AQShning Texas shtatidagi La Port shahrida gaz quvuri portlashi oqibatida yong‘in yuzaga kelgan. Hozirgacha…
17:23 / 19.09.2024
Shavkat Mirziyoyev yangi tayinlangan elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev yangi tayinlangan elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qildi

– Bugungi O‘zbekiston – jahonga keng ochilayotgan, xorijiy sheriklari bilan uzoq muddatli va keng qamrovli aloqalarni izchil…
17:17 / 20.09.2024
Surxondaryoda  “Toza hudud” DUK aholidan ortiqcha 3,2 mlrd so‘m to‘lov olgan

Surxondaryoda “Toza hudud” DUK aholidan ortiqcha 3,2 mlrd so‘m to‘lov olgan

Ushbu holat Raqobat qo‘mitasining o‘rganish va tahlillarida aniqlangan.
14:12 / 20.09.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!