$
11973.44 UZS
9.17
₽
144.53 UZS
0.04
€
13282.14 UZS
-41.27
31° Kechasi 18°

Sharof Rashidovning o‘limi chindan ham sirlimi?

15:50 / 20.09.2024

Har bir davrda azal-azaldan insonlar o‘z podshoh va davlat amaldorlarini faqat to‘kin-sochin hayotda yashayotganday ko‘rishadi. Xalq orasida hamisha shunga o‘xshash gap-so‘zlar yuradi. 

Sharof Rashidov O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari davlat siyosat va jamoat arbobi bundan tashqari, Yozuvchilar uyushmasi raisi edi.

Sharof Rashidov timsolida kimdir el-yurt manfaatini ko‘zlab, ish yuritgan, bu uchun o‘z hayotini tikkan insonni ko‘rsa, yana kimdir paxta ishi aynan shu davrdan boshlangan deya fikr bildiradi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, Rashidov rahbar bo‘lgan davr va tuzum mutlaqo boshqa edi.

Bu paytda Sobiq Sovet Konstitutsiyasida yozilganidek, ittifoqdosh respublikalar amalda teng ko‘rilmagan. Lekin qonunda shunday edi. Aslida esa O‘zbekistonga ittifoqdosh respublika sifatida emas, mustamlaka sifatida qaralgan. Shunday qiyin vaziyatda siyosat arbobi “o‘zbekning noni”ni alohida qilib bergan.

Rashidov davridagi islohotlar qay darajada edi? (Qanday yangiliklar bo‘ldi?)

Sharof Rashidov davrida nafaqat sanoat, balki madaniyat sohalarida ham sezilarli darajada rivojlanish bo‘ladi. Xususan, mashinasozlik sohalari yuqori ko‘rsatkichlarda rivojlandi. TTZ da 21 000 dan ortiq traktor ishlab chiqarilgan. Muruntov koni o‘zlashtirilgan. Shuningdek, Rashidov tashabbusi bilan O‘rta Osiyoda birinchi bo‘lib Arxeologiya instituti tashkil etilgan. Yangi muzeylar, bog‘lar, teatrlar barpo etilgan. Bundan tashqari, 1977-yilda O‘rta Osiyoda 1-marta Toshkentda metro ochilgan. 

Sharof Rashidov davrida qanday noxush holatlar ro‘y bergan edi? 

Rashidov respublikaga rahbarlik qilgan yillarda qator bunyodkorlik ishlari bilan birga qishloq xo‘jaligi yerlaridan ekstensiv foydalanish oqibatida ekologik vaziyatning buzilishi, paxta yakkahokimligining qaror topishi kabi noxush holatlar ham yuz bergan edi. Rashidov vafotidan so‘ng Markaz tomonidan totalitar tuzumning barcha kirdikorlari unga yuklanib, 80-yillar qatag‘onida nohaq qoralanadi.

Paxta ishi va Sharof Rashidov 

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, “Paxta ishi”da Sharof Rashidovni aybdor sifatida ko‘radiganlar ham talaygina. Xo‘sh, ayting-chi Rashidov paxta siyosatiga rozi bo‘lmadi deylik? Buning oqibati qanday bo‘lar edi. Misol uchun Ozarbayjon Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi kotibi, ya’ni Veli Axundov ushbu topshiriqni bajarishdan bosh tortadi. Oqibatda esa faqatgina “tozalash” ishlari kuchayadi xolos. Bu esa qamoq va o‘lim bilan bog‘liq tozalov edi. Bundan tashqari, har qanday kuchli rahbar ortida kuchli xalq ham bo‘lishi lozim. Sharof Rashidovning qabri ochib, boshqa joyga ko‘chirilganda “indamagan” xalqdan paxta siyosatida nimadir fikr bildirishi yoki “o‘zinikini” himoya qila olishi mumkinmi? Qabr ochilishida bosh-u qosh bo‘lgan ham bir-birini qo‘llab-quvvatlash o‘rniga mansab uchun harakat qiladiganlar ham “ichimizda” bo‘lgan.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                 

Sharof Rashidovich nafaqat buyuk siyosatchi, balki buyuk yozuvchi hamdir

Rashidov adabiyotga shoir sifatida kirib kelgan. Shundan so‘ng, birin-ketin doston, qissa va she’riy to‘plamlari nashr etila boshlaydi. 1-yirik asari – “Chegarachi” dostoni 1937-yilda nashr etilgan.

Picture background
1945-yilda esa fashizmga qarshi kurash g‘oyalari bilan sug‘orilgan “Qahrim” she’rlar to‘plami chop etilgan. Front ortida qahramonona mehnat qilgan xalq hayotiga bag‘ishlangan “Bo‘rondan kuchli”, “Qudratli to‘lqin”, “G‘oliblar” romanlari yaratilgan. Rashidov ijodida alohida o‘ringa ega bo‘lgan asarlaridan biri hind xalq afsonasi asosida yozilgan “Kashmir qo‘shig‘i” lirik asaridir.

Sharof Rashidovning o‘limi chindan ham sirli edimi?

Siyosat arbobining o‘limi haqida ham turli xil mish-mishlar ko‘p bo‘lgan va hozir ham mavjud. “Andropov hokimiyatga kelgandan so‘ng, boshqaruv apparatini tezlik bilan tozalab, atrofiga o‘ziga sadoqatli sobiq chekistlarni to‘play boshladi. Uzoq yillar mamlakat boshqaruvida ishtirok etib kelgan Krilenko, Romanov, Kunayev, Sherbiskiy va boshqalar lavozimdan chetlashtirildi. Navbat esa Sharof Rashidovga yetib qolgan edi. Aks holda, kun bo‘yi yaxshi kayfiyatda yurib jurnalistlar bilan ko‘rishgan, Xorazmda yuzlab odamlar bilan muloqot qilgan insonning to‘satdan Nukusda hech bir arzirli sababsiz vafot etishi shubhali” – deydiganlar va “Og‘ir va tinimsiz mehnat faoliyati uni charchatgan” – deya fikr bildiradiganlar bor. Shuningdek, vafoti e’lon qilingandan so‘ng, o‘limining turli “tafsilotlari” har xil bo‘yoqlar bilan juda ustalik bilan bo‘yalgan holda tarqatilgan. Ba’zilar og‘zida u o‘zini otdi, boshqalarning aytishicha zahar ichib o‘ldi, yana boshqalarning gapi bo‘yicha qaysi bir xorijiy davlatga ketib qolgan. 

Biroq Sharof Rashidovning tansoqchisi unday fikrda emas. O‘sha tunda uning yonida rafiqasi Xursand G‘ofurovna, tansoqchi va shifokor bo‘lgan.
Picture background
Rashidov 1973-yilda birinchi infarkni boshidan o‘tkazgani uchun rafiqasi doimo safarlarda uning hamrohligida bo‘lgan. O‘sha kunlardagi ketma-ket xizmat safarlari va tinmay qilingan mehnat Sharof Rashidovni toliqtirgan. Avval Efiopiaga sayohat undan so‘ng, Urganch va Qoraqalpog‘istonning barcha rayonlarigacha kirib borib dam olmasdan ketma-ket xalqning yukini o‘z zimmasiga olish uning obro‘-e’tibori uchun o‘zini qurbon qilish uning o‘limi oqibatlarini keltirib chiqargan. Tansoqchisi Sadullo Muhammadqulov bu haqda gapirib berib, kechki payt Sharof Rashidov va uning ayoli qudalari bilan suhbat qurib o‘tirgani va bundan so‘ng odat bo‘yicha Xursand G‘ofurovna bilan yo‘lakchada sayr qilish uchun chiqadi. Ikki marta bog‘ni boshidan oxirigacha borib kelgandan so‘ng uchinchi martasida ayoliga boshi qattiq og‘riyotganligini aytgan. Tansoqchi va ayoli Rashidovni vagonga olib kirgandan so‘ng shifokor ko‘rikdan o‘tkaza boshlaydi. Unda infark alomatlari kuzatila boshlangan edi. Toshkent va Moskvadan ham shifokorlar chaqirtiriladi avvaliga ukollar bilan so‘ngra sun’iy nafas va kislorod bilan ushlab turilgan Rashidov nafas olishga juda qiynalib qoladi. Ertalab soat 4 lardan kislorod miqdori oshirilsa ham unga yordam bera olmaydi. Bevosita yurakka ukol qilinadi. Shunga qaramay Sharof Rashidov dunyodan ko‘z yumadi. 

Xo‘sh sizning Sharof Rashidov haqidagi fikrlaringiz qanday? Izohlarda yozib qoldiring.

                                                                                                                                                                                                                                                                                            Muallif: Gulzoda Olimjanova

O‘zbekiston

														Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026

														Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026

														Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026

														Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026

														"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026

														Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026

														Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026

														Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026

														Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

Nyu-Yorkda uç qavatli bino qulab tuşdi: ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi

11-noyabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida uç qavatli turar joy binosi qulab tuşişi oqibatida kamida ikki kişi halok böldi, 17 …
10:14 / 12.11.2026

														Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Farğona va Andijon viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 900 AQŞ…
10:12 / 12.11.2026

Bu ham qiziq

Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada iş haqini ololmagan 8 nafar özbekistonlikning mehnat huquqlari sud orqali himoya qilindi. Natijada ularning foydas…
10:03 / 10.11.2026
Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Farğona va Andijon viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 900 AQŞ…
10:12 / 12.11.2026
“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Volontyorlik faoliyatini yanada ommalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident Farmoni (PF–240-son, 06.1…
17:33 / 10.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Nvidia boş direktori Jensen Xuangning Xitoy foydasiga josuslik qilişda gumonlanayotgan ayol bila…
10:08 / 10.11.2026
Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkent şahridagi “Hilton Taşkent City” mehmonxonasida ötkazilgan III Özbekiston – Rossiya media forumida ikki mamlakat örta…
15:41 / 09.11.2026
Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Holat yuzasidan ji…
15:14 / 10.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!