Surxondaryo viloyati “Toza hudud” DUK mavjud tartib-qoidalarga rioya qilmagan holda, ya’ni tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilmasdan (tasdiqlamasdan) yoki kelishib olmasdan qo‘llanilishi natijasida 522,6 mln so‘m, ko‘rsatilmagan xizmat uchun 2,7 mlrd so‘m, jami 3,2 mlrd so‘m miqdorida ortiqcha daromad olgan. Ushbu holat Raqobat qo‘mitasining o‘rganish va tahlillarida aniqlangan.
Hozirda “Toza hudud” DUKga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llanilgan. Bundan tashqari, 3,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!