Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Beruniy tumanidagi YATT “N.G.” aholiga xizmat ko‘rsatish salonida tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga yashirin ulanib, 324,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Shuningdek, Departamentning Oltiariq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “O‘.K.” fermer xo‘jaligini boshqarib kelgan Z.U. umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 318,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!