$
12044.72 UZS
-11.18
₽
145.46 UZS
1.3
€
13525.02 UZS
-47.51
31° Kechasi 18°

Erkinjon Turdimov Samarqandda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha bayonot berdi

12:09 / 13.09.2022

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga mezbonlik munosabati bilan murojaat yo‘lladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Unda Samarqand shahrida qilingan ishlar va o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlar ham qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur sammitga tayyorgarlik kecha yoki bugun emas, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan SHHTning 2022 yildagi sammitini Samarqandda o‘tkazish tashabbusi ilgari surilganida boshlangan. Buning uchun Samarqand shahrining infratuzilmasi to‘liq yangilangan, yo‘l va ko‘priklar, xiyobonlar qurilib, Rudakiy, Ibn Sino, Bo‘stonsaroy, Afrosiyob, Shohi Zinda, Sadriddin Ayniy, Registon, Panjikent, Firdavsiy, Dahbed kabi o‘ndan ortiq ko‘chalar rekonstruksiya qilindi. Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasi tubdan qayta qurildi. Bu ko‘chalar atrofidagi turar joy va boshqa ob’yektlar ham milliy va zamonaviy arxitektura uyg‘unligida yangidan bunyod etilgan. Shuningdek, Samarqand xalqaro aeroportining o‘ziga xos ko‘rinishdagi zamonaviy yangi terminali ishga tushirilgan.

“Prezidentimiz g‘oyasi va tashabbusi bilan 250 gektardan ortiq ochiq maydonda, eshkak eshish kanali atrofida keyingi yillar davomida qurilgan “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazi xalqimiz bunyodkorlik salohiyatining yorqin ifodasi bo‘ldi. Nafaqat yurtimiz, balki Markaziy Osiyoda tengi yo‘q, deb e’tirof etilgan bu majmuada jahon standartlariga mos mehmonxonalar va kongress markazi, xalqimiz tarixi, madaniyati, an’ana va qadriyatlarini namoyon etuvchi “Boqiy shahar” majmuasi va yana ko‘plab boshqa inshootlar bugun Samarqandning ko‘rkiga aylandi. Ayni paytda esa buyuk muhaddis bobomiz Imom Buxoriy nomi bilan bog‘liq me’moriy majmua ulug‘ zotning Islom olamida tutgan mavqei va salohiyatiga mos tarzda qaytadan bunyod etilmoqda”, – deyiladi bayonotda.

Murojaatning to‘liq matni bilan bu yerda tanishish mumkin.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston aholisi 39,5 million kishidan oshdi

O‘zbekiston aholisi 39,5 million kishidan oshdi

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2026-yil 1-oktyabr holatiga 39 million 535 ming 225 kishini tashkil etdi. Bu haqda Milli…
09:41 / 19.10.2026
Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni ovlaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni ovlaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida Qizil kitobga kiritilgan bir dona Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i va uch dona yovvoyi t…
09:57 / 18.10.2026
O‘zbekistonda 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

O‘zbekistonda 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki sakkiz oyida laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilgan 558 nomdagi mahsulotning 73 tasi…
11:38 / 20.10.2026
Jalolov Londondagi g‘alabadan so‘ng Husanovni ko‘rishga bordi

Jalolov Londondagi g‘alabadan so‘ng Husanovni ko‘rishga bordi

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Londondagi jangida g‘alaba qozonganidan so‘ng Manchesterga borib, “Manchester Siti” k…
11:14 / 19.10.2026
Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Hukumat, shuningdek, platformalarga dastlabki bosqichdanoq bolalar xavfsizligini hisobga olish majburiyatini yuklamoqchi.
08:37 / 19.10.2026
Ronaldu 300 mln dollar daromad bilan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda

Ronaldu 300 mln dollar daromad bilan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026/2027-yilgi mavsumda dunyoning eng ko‘p daromad topuvchi futbolchisi bo‘lishi ku…
15:35 / 19.10.2026
Toshkentning to‘rt tumanida shar sabab elektr ta’minoti uzildi

Toshkentning to‘rt tumanida shar sabab elektr ta’minoti uzildi

19-oktyabr kuni havoda uchib kelgan shar “Aksa Toshkent” issiqlik elektr stansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasiga tushish…
11:01 / 20.10.2026
Sirdaryoda ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Sirdaryoda ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida savdo bilan shug‘ullanuvchi ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkakka nisbatan sud q…
10:02 / 18.10.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan birgalikda Samarqandning betakror me’moriy obidasi — mashhur Registon maydonida bo‘ldi.

Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan birgalikda Samarqandning betakror me’moriy obidasi — mashhur Registon maydonida bo‘ldi.

Jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Marko Rubio Samarqand asrlar davomida xalqaro savdo aloqalarining muhim markazi bo‘lib k…
13:21 / 19.10.2026
Rubio: AQSh Markaziy Osiyoda uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirmoqchi

Rubio: AQSh Markaziy Osiyoda uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirmoqchi

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio 2026-yil 19-oktabr kuni Samarqandga tashrifi chog‘ida Amerika kompaniyalari O‘zbekistonda yan…
15:23 / 19.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!