O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari - ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi hamda INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki faoliyatini ko‘zdan kechirdi.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosariga yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, startap loyihalarni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda yoshlarning ilmiy-texnik salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rsatildi.
Shuningdek, yoshlarning istiqbolli startap loyihalari, ularning yangi g‘oya va ishlanmalarini moliyalashtirish hamda amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, texnoparkda yaratilgan zamonaviy infratuzilma, ilg‘or laboratoriyalar va ishlab chiqarish maydonlari imkoniyatlari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida yosh avlodning ilmiy-texnik salohiyatini oshirish, ularni yuqori texnologiyalar sohasiga yanada kengroq jalb etish hamda fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlash ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!