$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Farg‘onada 4 qavatga mo‘ljallangan uy 7 qavatli qilib qurildi

12:02 / 12.02.2023

Qurilish me’yoriy talablari qo‘pol ravishda buzilgan obyektda qurilish-montaj ishlari to‘xtatilgan.

Farg‘ona viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Farg‘ona shahar Registon ko‘chasida joylashgan turar-joy binosi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Buyurtmachi H.Latipov tomonidan qurilayotgan Farg‘ona shahar Registon ko‘chasidagi bo‘sh yer maydonida to‘rt qavatli turar-joy binosi, avtoturargoh, bolalar maydonchasi qurish hamda tutash hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish obyekti inspeksiyadan 2018-yil 3-dekabr kuni ro‘yxatdan o‘tgan va qurilish ishlari boshlangan, obektda inspeksiya tomonidan doimiy nazorat ishlari olib borilgan.

Turar-joy binosining loyiha hujjatlarida to‘rt qavat qurish belgilangan, amalda esa yetti qavat qilib qurilgan. Ushbu obyektning beshinchi, oltinchi, yettinchi qavatlarini qurish uchun pastki qavatlarning yuk ko‘tarish qobiliyatini o‘rganish bo‘yicha “Inspection work” MCHJ (bino inshootlarni texnik xolatini tekshirish bo‘yicha lisenziya raqami AL-002105) tomonidan tayyorlangan texnik xulosaga asosan yuqori qavatlarni yengil qurilish materiallaridan bajarishga tavsiya etilgan.

Lekin buyurtmachi H.Latipov va pudratchi “Ikat Vodiy” MCHJ tomonidan ushbu xulosaga asosan loyiha hujjatlari qayta to‘liq ishlab chiqilmagan, belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilmagan hamda inspeksiyaga xabarnoma yuborib ro‘yxatdan o‘tmasdan qurilish ishlari amalga oshirilgan.

Ushbu holat yuzasidan Farg‘ona viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan ob’yekt qurilishini to‘xtatish to‘g‘risida 2022-yil 12-dekabrda yozma ko‘rsatma berilgan. Shuningdek, aniqlangan qonun buzilish holati yuzasidan 2022-yil 26-dekabr kuni ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida MJtK 99-modda 7-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy sudga yuborilgan. Bugungi kunda obektda qurilish-montaj ishlari to‘xtatilgan.


Bu ham qiziq

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!