$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Fargʻonada Qirgʻizistonga olib oʻtuvchi yashirin tunnel tashkil etgan jinoiy guruh aʼzolariga sud hukmi oʻqildi

12:42 / 03.05.2023

2022-yilning 23-iyun kuni Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida “oʻzbek-qirgʻiz” davlat chegarasidan oʻtuvchi yashirin yer osti yoʻli fosh etilgan.

Dastlab, mahalliy fuqaro boshqaruvidagi avtomashina toʻxtatilib, koʻzdan kechirilganda, unda tegishli hujjatlari boʻlmagan, umumiy bahosi 7 mlrd 603 mln 650 ming soʻmni tashkil qiluvchi, 38 turdagi 2 707 dona mobil telefon apparatlari borligi aniqlangan.

Soʻngra u vaqtincha yashab kelayotgan Rishton tumanidagi xonadonda Qirgʻiz Respublikasi hududiga olib oʻtuvchi 10 metr pastlikda, balandligi 2 metr, kengligi 1,2 metr, uzunligi 128 metr boʻlgan, tushib-chiqish uchun lift bilan jihozlangan yer osti yoʻli borligi aniqlangan.

Maʼlum boʻlishicha, Dangʻara tumanida yashovchi, 1991 y.t. ushbu shaxs “oʻzbek-qirgʻiz” davlat chegaraoldi hududida joylashgan hovli uylardan sotib olib, ularning koʻcha tomon qismlarini baland devorlar bilan toʻsgan va jinoiy harakatlarini maskirovka qilish maqsadida har ikkala uyda, yaʼni Qirgʻiz Respublikasi hududidan sotib olgan xonadonda penablok ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan sotib olgan uyda esa chorvachilik tashkil etgan.

Soʻngra Dangʻara tumanida istiqomat qiluvchi, 1984–1993-yillar oraligʻida tugʻilgan 5 nafar fuqaroni yer osti yoʻli qazishga yollagan.

Yer osti yoʻli qurib bitkazilganidan keyin, u orqali Qirgʻiz Respublikasidan Oʻzbekistonga noqonuniy tadbirkorlarning tovar-moddiy boyliklarini, xususan, mobil telefon apparatlar, matolar, tibbiyot buyumlari va dori vositalari olib kelish, Oʻzbekistondan esa koʻp miqdordagi xorijiy valyuta qimmatliklarini qoʻshni davlatga oʻtkazish bilan shugʻullangan.

Aniqlangan ushbu holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmatining Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Fargʻona viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining hukmi bilan mazkur shaxslar Jinoyat Kodeksining 182 va 223-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularning 3 nafariga 6 yildan 7 yilgacha boʻlgan muddatlarga ozodlikdan mahrum etish jazosi, qolgan 3 nafariga esa axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Videodan tasvir

Shuningdek, jinoyat ishi doirasida ashyoviy dalil sifatida olingan 7 mlrd 603 mln 650 ming soʻmga baholangan 2 707 dona mobil telefon apparatlari davlat egaligiga oʻtkazilishi belgilangan.

Bundan tashqari, Rishton tumani Qozi Ahror MFY, A.Temur 3-tor koʻchasida joylashgan umumiy yer maydoni 1 524 m2 boʻlgan uy davlat egaligiga oʻtkazilishi va ushbu uydagi yer osti yoʻli tegishli tartibda koʻmib tashlanishi belgilangan.


Bu ham qiziq

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!