$
11971.64 UZS
-8.72
₽
146.33 UZS
0.71
€
13160.42 UZS
26.35
31° Kechasi 18°

Farg‘onada qoramolda quturish kasalligi aniqlandi

19:49 / 08.11.2021

Oltiariq tumanida fuqaro xonadonida boʻlgan 1 bosh sigir quturish kasalligiga chalingan. Natijada hudud tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi tomonidan alohida nazoratga olingan, aholi qaramogʻidagi chorva hayvonlari klinik koʻrikdan oʻtkazilgan. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, Oltiariq tumani “Azimobod” MFYda yashovchi fuqaro X. A Azimobod veterinariya uchastkasi mudiri T.Qirgʻizboyevga telefon orqali murojaat qilib, 13 kun avval bozordan 1 bosh sigir sotib olinganligini bildirib, uning ishtahasi yoʻqligi, noxush holatdaligi haqida xabar bergan. Uchastka mudiri kasallangan hayvonni veterinariya koʻrigidan oʻtkazganda quturish kasalligiga xos klinik belgilar qayd etilgan.

Ushbu qoramoldan olingan namunalar Viloyat hayvon kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi virusologiya boʻlimida tekshirilganda quturish kasalligi tasdiqlanib, yakuniy tekshirish xulosasi olish uchun 1 oy bioprobaga qoʻyilgan.

Shuningdek, Oltiariq tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimiga quturish kasalligiga qarshi kompleks veterinariya-sanitariya tadbirlari oʻtkazish boʻyicha koʻrsatma berilgan.

Taʼkidlanishicha, kasallik kelib chiqishiga Azimobod MFY choʻl hududidagi yovvoyi fauna mavjudligi, yaʼni yovvoyi hayvonlar yoki kemiruvchilar borligi sabab boʻlgan.

Ushbu hudud tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi tomonidan alohida nazoratga olinib, hozirda aholi qaramogʻidagi chorva hayvonlari klinik koʻrikdan oʻtkazilib, profilaktik veterinariya-sanitariya tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Keltirilishicha, mazkur hududda quturish kasalligiga qarshi 53 bosh it Biokan-R vaksinasi bilan emlangan, 12 bosh daydi qarovsiz itlar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ovlangan.

Xonadon egasi X. A va turmush oʻrtogʻi X. N kasal hayvon bilan kontaktda boʻlganligi uchun tuman Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi markazi tomonidan meditsina muolajasi olib, ularning umumiy holati yaxshiligi maʼlum boʻlgan.


Bu ham qiziq

Toşkentda içimlik suvi apparatlaridagi pullarni öğirlagan guruh uşlandi

Toşkentda içimlik suvi apparatlaridagi pullarni öğirlagan guruh uşlandi

Toşkentning Uçtepa va Yunusobod tumanlarida köçalarga örnatilgan içimlik suvi apparatlarini buzib, içidagi pullarni öğirlaga…
10:11 / 19.11.2026
Saida Mirziyoyeva “Aman Group” va “Capital Group” rahbarlari bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva “Aman Group” va “Capital Group” rahbarlari bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Buxoroda “Aman Group” raisi Vladislav Doronin hamda “Capital Group” direktorlar kengaşi raisi Pavel Tyo bi…
11:02 / 18.11.2026
Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaş yiğilişida mamlak…
14:56 / 19.11.2026
“Kokoş” va uning dugonalariga çiqarilgan hukm yuzasidan Toşkent şahar sudlari izoh berdi

“Kokoş” va uning dugonalariga çiqarilgan hukm yuzasidan Toşkent şahar sudlari izoh berdi

Toşkent şahar sudlari bloger Komila Abduqodirova (“Kokoş”), aktrisa Barçin Ğofurova va bloger Nihola Rajabovaga nisbatan çiq…
15:21 / 18.11.2026
Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston Turkiya kompaniyalarini qişloq xöjaligi, infratuzilma va quriliş sohalaridagi qöşma loyihalarga jalb etmoqçi. Bu …
14:19 / 19.11.2026
Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda tibbiy mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş doirasida turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida san…
14:39 / 19.11.2026
Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistondagi bir qator internet naşrlari ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqi buzilgani haqidagi şikoyatlar orqali pul u…
13:48 / 19.11.2026
Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Bugun, respublikaning aksariyat hududlarida havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Ayrim joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. To…
17:51 / 19.11.2026
Tramp: Eron bilan mojaroni tugatiş uçun Rossiya yoki Xitoy yordamiga muhtoj emasmiz

Tramp: Eron bilan mojaroni tugatiş uçun Rossiya yoki Xitoy yordamiga muhtoj emasmiz

AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan mojaroni hal qiliş va uruşni yakunlaş uçun Rossiya yoki Xitoydan yordam söraş niyatid…
16:58 / 19.11.2026
Putin Ukrainaga qarşi uruşni qişda ham töxtatmoqçi emas — NYT

Putin Ukrainaga qarşi uruşni qişda ham töxtatmoqçi emas — NYT

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qarşi harbiy harakatlarni qiş davomida ham davom ettirişni közlamoqda. Bu haqda …
09:38 / 19.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!