$
12044.72 UZS
-11.18
₽
145.46 UZS
1.3
€
13525.02 UZS
-47.51
31° Kechasi 18°

Farhod Mannapovning oʻlimi bilan bogʻliq jinoyat ishi boʻyicha jami 15 nafar shaxs soʻroq qilingan – Bosh prokuratura

11:34 / 07.04.2023

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Farhod Mannapovning oʻlimi bilan bogʻliq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Qayd etilishicha, tergov davomida jarrohlik amaliyotini oʻtkazgan klinika shifokorlari, anesteziolog hamda marhumning tanishlari, shuningdek, jami 15 nafar shaxs guvoh tariqasida soʻroq qilingan.

Shu bilan birga, jinoyat ishi boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligiga tayinlangan xizmat tekshiruvi xulosasi olinib, jinoyat ishi hujjatlariga qoʻshilgan.

Bundan tashqari, jinoyat ishi doirasida murakkab ekspertizalarni oʻtkazish jarayoni ketmoqda.

Dastlab olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida 2013-yilda ushbu klinikada yana bir shaxs jarrohlik amaliyoti vaqtida vafot etganligi haqida koʻrsatma olingan.

Biroq tergov davomida ushbu vaj oʻz tasdigʻini topmaganligi sababli jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 116-moddasi 4-qismi “a” bandidan 116-moddasi 3-qismiga qayta malakalangan.

Taʼkidlanishicha, barcha zarur tergov harakatlari oʻtkazilganidan soʻng ish boʻyicha qonuniy toʻxtamga kelinadi.


Bu ham qiziq

Shomurodovning goli va golli uzatmasi “Istanbul Bashakshehir”ga g‘alaba keltirdi

Shomurodovning goli va golli uzatmasi “Istanbul Bashakshehir”ga g‘alaba keltirdi

18-oktyabr kuni Turkiya Superligasining sakkizinchi turida “Istanbul Bashakshehir” o‘z maydonida “Gaziantep”ni 2:1 hisobida …
09:46 / 19.10.2026
O‘zbekiston aholisi 39,5 million kishidan oshdi

O‘zbekiston aholisi 39,5 million kishidan oshdi

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2026-yil 1-oktyabr holatiga 39 million 535 ming 225 kishini tashkil etdi. Bu haqda Milli…
09:41 / 19.10.2026
19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026
Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Hukumat, shuningdek, platformalarga dastlabki bosqichdanoq bolalar xavfsizligini hisobga olish majburiyatini yuklamoqchi.
08:37 / 19.10.2026
Qibrayda 7 kg marixuana, pnevmatik qurol va patronlar topildi

Qibrayda 7 kg marixuana, pnevmatik qurol va patronlar topildi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida muqaddam sudlangan fuqaroning ijaraga olgan yer maydonidagi konteynerlardan 7 kilogram…
09:35 / 19.10.2026
Toshkentda 17 yoshli kuryerni haqoratlagan shaxsga ma’muriy bayonnoma tuzildi

Toshkentda 17 yoshli kuryerni haqoratlagan shaxsga ma’muriy bayonnoma tuzildi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida restoran xodimi 17 yoshli kuryer bilan janjallashib, uni haqorat qilgani va tahdid qilg…
09:50 / 19.10.2026
“Komaga tushgan” Kim Chen In omma oldida ko‘rinish berdi

“Komaga tushgan” Kim Chen In omma oldida ko‘rinish berdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In miyasiga qon quyilgani va komaga tushgani haqidagi tasdiqlanmagan xabarlar tarqalgani…
11:31 / 20.10.2026
Toshkentning to‘rt tumanida shar sabab elektr ta’minoti uzildi

Toshkentning to‘rt tumanida shar sabab elektr ta’minoti uzildi

19-oktyabr kuni havoda uchib kelgan shar “Aksa Toshkent” issiqlik elektr stansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasiga tushish…
11:01 / 20.10.2026
Samarqand va Namanganda umra ziyoratini va’da qilib, pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi

Samarqand va Namanganda umra ziyoratini va’da qilib, pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi

Samarqand shahri va Namangan viloyatida fuqarolarni umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, ulardan pul talab qilgan ikki sh…
16:07 / 20.10.2026
Jalolov Londondagi g‘alabadan so‘ng Husanovni ko‘rishga bordi

Jalolov Londondagi g‘alabadan so‘ng Husanovni ko‘rishga bordi

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Londondagi jangida g‘alaba qozonganidan so‘ng Manchesterga borib, “Manchester Siti” k…
11:14 / 19.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!